Sevinch Rahimova – Oʻzbekistonlik karatechi. U 2019-yili Toshkent shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida ayollar oʻrtasida karate boʻyicha 55 kilogramm vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2021-yili Turkiyaning Konya shahrida boʻlib oʻtgan Islom birdamlik oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritdi.

2021-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritish maqsadida Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan Jahon Olimpiya saralash turnirida qatnashdi. U Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtgan 2021-yili karate boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahsda magʻlub boʻldi.

Yutuqlari Yil Musobaqa Joy Daraja Tadbir 2019 Osiyo chempionati Toshkent, Oʻzbekiston 2 Kumush 55 kg 2022 Islom birdamlik oʻyinlari Konya, Turkiya 3 Kumush 55 kg

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston karatechilari