Aron Lynas ()(1996-yil 19-aprelda tugʻilgan) — shotlandiyalik futbolchi. Aron Lynas Shotlandiyaning ikkinchi ligasi vakili „Dumbarton“ klubi jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi. U shuningdek, „Cowdenbeath“, „Alloa Athletic“, „East Stirlingshire“, „Brechin City“ va „Albion Rovers“ futbol klublarida oʻynagan edi.

Faoliyati Aron Lynas Fifening Kirkcaldy shahrida tugʻilgan. Lynas oʻzining futbolchilik faoliyatini „Cowdenbeath“ futbol klubida boshlagan. Aron Lynas birinchi marta 2013-yil 21-dekabrda Shotlandiya chempionatida „Reaith Rovers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:3) zaxira oʻyinchisi sifatida maydonga tushdi. Mavsum davomida va keyingi mavsumlarda Aron Lynas yana oʻnta liga oʻyinlari uchun asosiy tarkibga kiritilgan, ammo birorta ham oʻyinda maydonga tushirilmadi. 2015-yilning 21-mayida, klub Shotlandiya Birinchi ligasiga tushib ketganidan soʻng, Aron Lynas klub tomonidan qoʻyib yuborilgan olti nafar futbolchidan biri edi.

Lynas „Alloa Athletic“ futbol klubi bilan Shotlandiya chempionatiga qaytdi. Aron Lynas ilk professional oʻyinini 2015-yil 16-avgustda oʻtkazdi.

2015-yil oktyabr oyida Lynas Shotlandiya Ikkinchi ligasining pastki qismidagi „East Stirlingshire“ futbol klubi safiga 2015-yil yanvar oyigacha favqulodda ijara shartnomasi asosida ijaraga berildi. Aron Lynas klub safida 3-oktyabr kuni ilk oʻyinini oʻtkazdi.

„Alloa Athletic“ futbol klubini tark etganidan soʻng, Aron Lynas 2016—2017-yilgi mavsum uchun Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „Brechin City“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

2019-yil 29-may kuni Aron Lynas „Albion Rovers“ futbol klubi bilan 2019—2020-yilgi mavsum uchun oldindan shartnoma imzoladi. Aron Lynas Cliftonhilldagi uch mavsum davomida jamoa sardori boʻldi va Lynas 2022-yilning yozida „Dumbarton“ futbol klubi safiga qoʻshildi. Aron Lynas klubdagi ilk golini 2022-yilning noyabrida „Elgin City“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (4:0) kiritdi.

Faoliyat statistikasi KlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarAlloa Athletic2015—2016Shotlandiya chempionati1000000010East Stirlingshire (ijara)2015—2016Shotlandiya Ikkinchi ligasi150100020180Brechin City2016—2017Shotlandiya Birinchi ligasi2601020603502017—2018Shotlandiya chempionati2701040003202018—2019Shotlandiya Birinchi ligasi201104010261Jami7313010070931Albion Rovers2019—2020Shotlandiya Ikkinchi ligasi2003040102802020—2021Shotlandiya Ikkinchi ligasi2100030002402021—2022Shotlandiya Ikkinchi ligasi340203020410Jami7505010030930Dumbarton2022—2023Shotlandiya Ikkinchi ligasi141104010201Jami1782702001002252

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari