Dino Mikanović () (1994-yil 7-mayda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Xorvatiya Birinchi ligasining HNK Hajduk Split klubida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Xorvatiya terma jamaosi sharafini himoya qiladi.
Klubdagi faoliyati Dino Nova Gradiška shahrida tugʻilgan, ammo Podvrško qishlogʻida oʻsgan Mikanović oʻzining yoshlik faoliyatini mahalliy Mladost Cernik NK futbol klubida boshlagan. Mikanović 2009-yilda NK Osijek jamoasining U17 yosh toifasidagi jamoasiga qoʻshilgan va keyingi uch mavsumni oʻsha jamoa tarkibda oʻtkazgan. Ammo 18 yoshga toʻlganidan keyin unga jamoa tomonidan professional shartnoma taklif qilinmagan. Mikanović U 17 yoshdagi jamoa bilan 2013-yilning 10-aprelida Slaven Belupo jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.
U 2012/2013-yilgi mavsumdagi yagona oʻyinida „Hajduk“ safida debyut qilgan. Mikanović 85-daqiqada Slaven Belupoga qarshi oʻyinda zahiradan maydonga tushgan. Keyingi mavsumda Dino „Hajduk“da asosiy tarkibda koʻproq maydonga tussha boshlagan, u barcha musobaqalarda jam 16 marotaba maydonga tushgan. Mikanović jamoa tarkibidagi birinchi golini NK Zadarga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan va yana uchta golga assistentlik qilgan.
U 2015-yilning 15-iyulida Daniya Superligasining AGF Aarhus klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan.
2019-yilning 19-fevralida Mikanović Qozogʻiston Premyer Ligasining "Qayrat" klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
2022-yilning 28-yanvarida HNK Hajduk Split Mikanovićning 2024-yilning yoziga qadar shartnoma imzolagani haqida eʼlon qilgan.
Faoliyat statistikasi
Klub +KlubMavsumLigaKubokQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolHajduk Split2012—2013Prva HNL10———102013—20141012040—1612014—20151301010—1502015—2016——10—10Jami2413060—331AGF2015—2016Daniya Superligasi19041——2312016—201729010——3002017—201831000——3102018—201920020——220Jami99071——1061Kairat2019Qozogʻidton Premyer Ligasi31100401036120201900000—21020212007014010410Jami7017018020971Hajduk Split2021-2022Prva HNL16120——181Karyerada jami2093191240202544
Yutuqlari Hajduk Split
— Futbol boʻyicha Xorvatiya kubogi : 2012—2013, 2021—2022
Qayrat Olmaota
— Qozogʻiston Premyer-ligasi : 2020
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar