left|thumb|270x270px|Yasuoka shahridagi Tamoro qishlogʻi Yaponiyaning Nagano prefekturasida joylashgan qishloq. 2019-yil 1-aprel sanasi qishloqda oʻtkazilgan hisob-kitoblarga koʻra, 688 xonadonda 1622 nafar aholi istiqomat qilganYasuoka Village official statistics va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 25 kishidan toʻgʻri keladi. Qishloqning umumiy maydoni 64,59 kvadrat kilometr (24,94 mi²) ni tashkil etadi.
Geografiyasi Yasuoka Nagano prefekturasining janubiy qismidagi togʻli hududda joylashgan. Tenryu daryosi qishloqning shimoliy qismidan oqib oʻtadi.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Nagano prefekturasi Iida Anan Tenryu Shimojō
Iqlimi Shahar issiq va nam yoz hamda sovuq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Yasuokada oʻrtacha yillik harorat 11,9 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori 1904 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 23,8 °C, eng past harorati esa yanvarda, 0,3 °C atrofida boʻladiYasuoka climate data.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraYasuoka population statistics, Yasuoka aholisi soni soʻnggi yillarda keskin kamaygan.
Tarixi Hozirgi Yasuoka hududi qadimgi Shinano provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Yasuoka qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatish orqali tashkil etilgan. 1930-yillarning oxirlarida Manchukuoga Yasuoka aholisining katta qismi joylashtirildiYasuoka village official home page.
Taʼlim tizimi Yasuokada qishloq hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich maktabi va bitta davlat oʻrta maktabi faoliyatyuritadi. Qishloqda yuqori maktab mavjud emas.
Transporti
Temir yoʻl
20x20px JR Tokai — Iida liniyasi Nukuta — Tamoto — Kadoshima — Karakasa — Kinno
Magistral yoʻl
Qishloqqa hech qanday milliy avtomagistral xizmat koʻrsatmaydi Galereya
Manbalar
Havolalar
Rasmiy sayti
Turkum:Nagano prefekturasidagi qishloqlar Turkum:Yasuoka (Nagano)