Sékou Koïta (; 1999-yil 28-noyabrda Malida tugʻilgan) — „Red Bull“ futbol klubi va Mali terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynagan.
Klublardagi faoliyati thumb|357x357px| Sékou Koïta „Liefering“ jamoasi safida Dastlab Sékou Koïta oʻz yurtida mahalliy klublarda oʻynay boshlagan. 2018-yilda u Avstriyaning „Red Bull Salzburg“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Sékou Koïta zaxira tarkibda oʻynay boshlagan. 23-fevral kuni „Blau Weiss Linz“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Avstriya birinchi ligasida debyut qilgan. 2019-yil boshida Sékou Koïta „Wolfsberg“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan. 23-fevral kuni „Altach“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Avstriya Bundesligasida debyut qilgan.
Xalqaro faoliyati 2015-yilda Sékou Koïta yoshlar terma jamoasi tarkibida Chilida boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ekvador, Gonduras, Janubiy Koreya, Xorvatiya, Nigeriya va ikki marta Belgiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Belgiya va xorvatlarga qarshi bahslarda ham ishtirok etgan.
2016-yilda Sékou Koïta Mali terma jamoasi bilan Ruandada boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritgan. Turnirda Sékou Koïta Uganda, Zimbabve, Zambiya, Tunis, Kot-d’Ivuar va Kongo DR jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Ugandaliklarga qarshi kechgan bahsda Sékou Koïta terma jamoadagi ilk golini raqib darvozasiga kiritgan.
2017-yilda Sékou Koïta Mali yoshlar terma jamoasi tarkibida Zambiyada oʻtkazilgan Afrika yoshlar kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Misr, Zambiya va Gvineya termalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Gvineyaliklarga qarshi kechgan bahsda Sékou Koïta gol urgan. 2019-yilda Sékou Koïta Nigeriyada oʻtkazilgan Afrika yoshlar kubogida gʻolib chiqgan. Turnirda u Burkina-Faso, Gana, Nigeriya va ikki marta Senegal terma jamoasiga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistikasi JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolF. C. Liefering2017—201861――612018—201991――91Jami1520000152Wolfsberger A. C.2018—201914500―145Jami1450000145Red Bull Salzburgo2019—2020168433023112020—20211714438029172021—2022210000212022—202361102091Jami4124961306330Umumiy faoliyatida7031961309237
Mali terma jamoasi safida № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2016-yil 19-yanvar Umuganda, Gisenyi, RuandaUganda 1 :1 2 :2 Afrika xalqlari chempionati-2016
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Malilik erkak futbolchilar