Joao Robin Rojas Mendoza (; 1989-yil 14-iyunda La Tronkalda tugʻilgan) — ekvadorlik vinger. U Ekvador terma jamoasida faoliyat yuritadi.

Klublardagi faoliyati thumb|222x222px| Rojas „Monarcas Morelia“ safida Joao Rojas professional faoliyatini „Técnico Universitario“ futbol klubida boshlagan. 2009-yilda Joao Rojas „Emelec“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan va u jamoa bilan birinchi kumush medalini qoʻlga kiritgan. 2011-yilda Joao Rojas Meksikaning „Monarkas Moreliya“ jamoasiga ijaraga oʻtgan. 9-yanvar kuni „Atlas“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Meksika premyer ligasida debyut qilgan. 20-fevral kuni „América“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Joao Rojas jamoadagi ilk golini urgan.

2013-yilning yozida u „Cruz Azul“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 21-iyul kuni „Monterrey“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Joao Rojas yangi klub safida debyut qilgan. Bir hafta oʻtgach, „Santos Laguna“ futbol klubiga qarshi bahsda u jamoa safidagi birinchi golini urgan.

2014-yilda Joao Rojas jamoasiga CONCACAF Chempionlar Ligasida gʻolib chiqishga yordam bergan. 20-dekabr kuni klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida Yangi Zelandiyaning „Auckland City“ jamoasiga qarshi oʻyinda u gol urgan. 2017-yil aprel oyida Qozonning „Rubin“ futbol klubi Joao Rojasga qiziqish bildirgan.

Xalqaro faoliyati 2009-yildan beri Joao Rojas Ekvador yoshlar terma jamoasi tarkibida Venesueladagi Janubiy Amerika yoshlar chempionatida oʻynagan. Peru yoshlar terma jamoasiga qarshi birinchi oʻyinda u ikkita gol urgan va jamoaning gʻalaba qozonishiga yordam bergan.

2008-yil 13-noyabrda Meksikaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Joao Rojas Ekvador terma jamoasi safida debyut qilgan. 2011-yil 12-noyabr kuni JCh-2014 saralash turniri doirasidagi Paragvay terma jamoasiga qarshi uchrashuvda u terma jamoa safidagi ilk golini urgan.

Statistikasi JamoaMavsumLigaMilliy kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolPart.GolTécnico Universitario2007363 - -3632008313 - -313Jami67600676Emelec2009326 - -3662010437 - -5411Jami7513009017Morelia2011427 - -47102012348424011201319300193Jami95184210624Cruz Azul20131750019520142950035520153010030120162377330102017910091Jami102197311622Talleres (C)2017—2018410041Jami410041São Paulo201818120201201900000020201000102021141113305Jami331113515Orense202219220212Jami19220212Umumiy faoliyatida3956024845677

Ekvador terma jamoasi safida № Sana Joy Raqib Hisob Musobaqa 1. 2011-yil 12-noyabr Defensores del Chaco, Asunsion, ParagvayParagvay 2: 1 JCh-2014 saralash 2. 2013-yil 21- mart Atahualpa, Kito, EkvadorSalvador 5 :0 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ekvadorlik erkak futbolchilar