Luis Manuel Orejuela García (; 1995-yil 20-avgustda Kolumbiyaning Kali shahrida tugʻilgan) — kolumbiyalik futbolchi, Braziliyaning „São Paulo“ futbol klubi himoyachisi, „Atlético Paranaense“ futbol klubida ijara asosida oʻynaygan.
Klublardagi faoliyati Luis Orejuela oʻz shahrining „Deportivo Cali“ futbol klubining tarbiyalanuvchisi hisoblanagan. 7-avgust kuni „Unión Magdalena“ futbol klubiga qarshi Kolumbiya kubogi bahsida Luis Orejuela asosiy tarkibda debyut qilgan. 2014-yilning 6-aprelida Mustang kubogida „Millonarios“ futbol klubiga qarshi bahsda debyut qilgan. 2014-yilda u jamoaga Superkubokni yutishda yordam bergan va bir yildan soʻng chempionlikni qoʻlga kiritgan. 2016-yilning 21-noyabrida „Rionegro Águilas“ futbol klubiga qarshi bahsda Luis Orejuela „Deportivo Cali“ safida ilk golini raqib darvozasiga kiritgan.
2017-yilning yozida u Amsterdamning „Ajax“ futbol klubiga oʻtgan. Transfer summasi 3,65 million yevroni tashkil qilgan. 20-sentabrda Luis Orejuela „Ajax“ futbol klubi safida Gollandiya kubogi bahslarida „Scheveningen“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan. 17-dekabr kuni „AZ Alkmaar“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Luis Orejuela jamoasi safidagi ilk golini kiritgan.
2019-yilning yanvarida Luis Orejuela braziliyaning „Cruzeiro“ futbol klubiga oʻtgani maʼlum boʻlgan. 2020-yilning yanvarida Luis Orejuela „Grêmio“ futbol klubi tomonidan yil oxirigacha ijaraga olingan.
Xalqaro faoliyati 2015-yilda Kolumbiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Luis Orejuela Urugvayda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan. Turnirda Luis Orejuela Chili, Peru, Paragvay, Braziliya, Venesuela va ikki marta Urugvay jamoalariga qarshi oʻyinlarda qatnashgan.
Statistikasi JamoaMavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolDeportivo Cali20130010 - -1020141010 - -2020154020 - -602016241401029120172525140343Jami54313150724Jong Ajax2017—20181610000161Jami1610000161Ajax2017—20181030 - -40Jami10300040Cruzeiro20192823040352Jami2823040352Grêmio20202510060311202270100080Jami3211060391São Paulo2021903031151Jami903031151Atletico Paranaense20221110040151Jami1110040151Umumiy faoliyatida151823122119610
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kolumbiyalik erkak futbolchilar