Avstraliya va Finlyandiya oʻrtasida tashqi aloqalar yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, diplomatik munosabatlar 1949-yil 31-mayda oʻrnatilgan. Avstraliya Finlyandiyada Shvetsiyaning Stokgolm shahridagi elchixonasi va Helsinkidagi faxriy konsulligi orqali tamsil etiladi. 1978-yildan beri Finlyandiyaning Kanberrada elchixonasi, Melburn va Pertdagi faxriy bosh konsulliklari, Adelaida, Brisben, Darvin, Xobart va Sidneydagi faxriy konsulliklari hamda Keyrnsdagi faxriy vitse-konsulligi mavjud.

Mamlakatlarni taqqoslash Rasmiy nomi Avstraliya Finlyandiya Bayroq110px|110px| Gerb110px110px| Aholisi 25,992,800 5,553,000 Hududi 7,692,024 km² 338,455 km² Aholi zichligi 3,4/km²16,4/km² Poytaxti Kanberra Xelsinki Hukumat Federativ parlamentar konstitutsion monarxiya Unitar parlamentar respublika Rasmiy tili Ingliz tili Fin tili Diniy e’tiqodi 43,9 % xristianlik, 38,9 % dinsiz, 3,2 % islom, 2,7 % hinduizm, 2,4 % buddizm, 1,7 % boshqalar, 7,2 % aniqlanmagan 68,6% xristianlik: -66,6% lyuteran -1,1% pravoslav -0,9% boshqa xristianlar 30,6% dinsizlar 0,8% boshqalar YaIM (nominal) 1,748 trillion AQSh dollari (67,464 $ aholi jon boshiga) 267,61 milliard AQSh dollari (27,971 $ aholi jon boshiga) Inson taraqqiyoti indeksi 0,939 0,940 Xalqaro qoʻngʻiroq kodi +61 +358 Pul birligi Avstraliya dollari Yevro

Diplomatik munosabatlar

Ilk tarix, 1917-1949-yillar Finlyandiyaning Avstraliyadagi dastlabki diplomatik vakolatxonasi 1917-yilda, Finlyandiya Buyuk Gersogligi Rossiya imperiyasidan mustaqilligini eʼlon qilgan paytdan faoliyatini boshlangan. Finlyandiya munosabatlarini 1917-yilgacha rus diplomatlari tamsil etgan. Birlashgan Qirollik (Avstraliya vakili) 1919-yil 6-maygacha Finlyandiyaning yangi hukumatini tan olmasa ham, Finlyandiya dengizchilarining Sidneydagi missiyasi rahbari Jon Oskar Boyjer amalda norasmiy konsul vazifasini bajargan. Boyjer 1919-yil fevralida Avstraliya bosh vaziri vazifasini bajaruvchi William Watt Avstraliya biznesmen Kaarlo Yohannes Nauklerni Finlyandiyaning Sidneydagi konsullik agenti sifatida tan olganini eʼlon qilganidan soʻng almashtirilgan edi.

Finlyandiya hukumati Nauklerni 1919-yil 24-oktyabrda rasman konsul etib tayinlagan. Naukler yurisdiksiyasiga Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya va umuman, Okeaniya ham kirgan. Uning tayinlanishiga Daily Commercial News and Shipping List jurnali ijobiy munosabat bildirgandi: „Finlyandiya Avstraliya bilan savdo-sotiq qilish orqali doʻstlar orttira boshlaydi“. Naukler 1919- va 1921-yillarda mos ravishda nayza va disk uloqtirish boʻyicha Avstraliya chempionligini qoʻlga kiritgan mohir sportchi boʻlgan. 1919-yil 24-oktabrda u rasman 1919-yil 15-dekabrda Finlyandiyaning Avstraliyadagi qirol George V tan olgan Yangi Zelandiya va Tinch okeani orollari uchun masʼul konsul etib tayinlangan. Biroq Naukler 1921-yil 9-mayda 31 yoshida toʻsatdan vafot etgan. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, u oilaviy muammolar sabab haddan tashqari morfin qabul qilish oqibatida vafot etgan va oʻz joniga qasd qilgan, deb eʼlon qilingan. Elchi xotirasiga NSW havaskor atletika assotsiatsiyasi K. J. Naukler kubogi musobaqasini tashkil etilgan boʻlib, u yillik bellashuvda eng koʻp umumiy ochko jamgʻargan kishiga beriladi.

Nauklerning oʻlimidan soʻng, ya’ni 20-yil avgustidan boshlab uning oʻrinbosari, Avstraliyada istiqomat qilgan yana bir Finlyandiya fuqarosi Xarald Tanner Finlyandiya konsuli vazifasini bajargan va 1921-yil iyunida rasman konsul etib tayinlangan. Tanner, shuningdek, Estoniya va baʼzan Latviya uchun ham vitse-konsul boʻlib ishlagan. Tanner 1928-yilda Estoniyaning faxriy konsuli etib rasman tayinlangan. U Finlyandiyaning mustaqillik kuni munosabati bilan har yili Bridge Street'dagi 4-uyda joylashgan konsullikda qabul marosimlarini tashkil etgan. Oʻzi esa Neytral koʻrfazidagi Aubin koʻchasi, 48-uyda yashagan. Uyda fin sanʼati va hunarmandchiligi turli ashyolari namoyish etilgan. 1935-yil 20-fevralda Tanner Sidneydan Finlyandiyaga joʻnab ketgan va uning oʻrniga 1-martdan e’tiboran Paavo Simelius Finlyandiya konsulli etib tayinlangan. Simelius 1935-yil 17-aprelda RMS Maloja kemasida Sidneyga kelgan.

1939-yilda Finlyandiya va Sovet Ittifoqi oʻrtasidagi qishki urush boshlanishi bilan Simelius Finlyandiya mudofaasi va Finlyandiya fuqarolariga gumanitar yordam uchun mablagʻ yigʻishda ishtirok etgan. Avstraliya 1941-yilda Buyuk Britaniya bosimi ostida Finlyandiya bilan aloqalarni uzgan. 1941-yil 30-iyulda Avstraliya tashqi ishlar vaziri ser Frederik Styuart konsul Simeliusga Finlyandiyaning Avstraliyadagi barcha diplomatik xodimlari persona non grata deb e’lon qilgan va imkoniyat paydo bo‘lishi bilanoq mamlakatni tark etishi shartligi haqida xabar bergan. Simelius ketayotib shunday degan edi: „Men ketayotganimdan afsusdaman, chunki bu mamlakatda hamma: hukumat amaldorlari va fuqarolarga juda mehribonlik va xushmuomalalik bilan munosabat qildim. Avstraliyada 1500 dan 2000 gacha fin yashaydi. Ularning katta qismi dehqonlar, bog‘bonlar, shakarqamishchilar va konchilardir“. Oʻsha paytda Avstraliyadagi Finlyandiya fuqarolari dushman boʻlmagan musofirlar hisoblangan. 1941-yil 8-dekabrda Buyuk Britaniyadan keyin Avstraliya hukumati Finlyandiyaga qarshi urush eʼlon qildi, Finlyandiya fuqarolari endi dushman musofirlari hisoblanadigan bo‘ldi. Urush holati 1944-yil 19-sentabrda Finlyandiya, Buyuk Britaniya va Sovet Ittifoqi oʻrtasida Moskva sulhining imzolanishi va 1947-yilda Avstraliya imzolagan Parij Tinchlik shartnomasi imzolanishi bilan yakunlandi. Avstraliya 1948-yil 10-iyulda Finlyandiya bilan tinchlik shartnomasini ratifikatsiya qildi.

Yangi aloqalar, 1949-1967-yillar 1949-yil 14-iyulda Finlyandiya hukumati Sidneydagi ofis konsullik emas, balki yuqori darajadagi vakolatxona sifatida qayta ochilishini eʼlon qildi, sobiq konsul Paavo Simelius Avstraliyadagi yangi muvaqqat ishlar vakili etib tayinlandi. Simelius Melburnga SS Orcades bortida 18-iyul kuni etib keldi va „bu yer xuddi oʻzimning uyim“ deb eʼlon qildi. Yelizaveta II ning toj kiyish marosimida u Finlyandiyaning Avstraliyadagi vakili sifatida u „Qirolicha Yelizaveta II ning toj kiyishi“ medali bilan taqdirlangan.

1954-yilda Finlyandiya hukumati Avstraliya shtat poytaxtlarida yangi idoralar ochishga harakat qildi: Ser Garri Hovard Pertdagi faxriy vitse-konsul, Ser Hamilton Sley Melburndagi faxriy vitse-konsul, Robert Newenham Irvin Adelaidadagi vitse-konsul va Maldvin Duglas Devis Brisbendagi faxriy vitse-konsul sifatida ish boshladi. 1968-yilda Hovardni prezident Urxo Kekkonen Finlyandiya Arslon ordeni bilan taqdirlagan. Irvin Finlyandiya „Oq atirgul“ ordenining birinchi darajali ritsari boʻlgan. Simelius 1958-yil 31-iyulda o‘z lavozimidan nafaqaga chiqqan va o‘rniga 1959-yil 11-yanvarda Avstraliyaga kelgan Toivo Kala tayinlangan. Kala 1963-yil 23-aprelgacha Olavi Uann mas’ul lavozimni egallagunga qadar xizmat qilgan.

Keyingi tarix, 1967-yildan hozirgi kungacha right|thumb| Finlyandiyaning Kanberradagi elchixonasi, 2002-yilda qurilgan. right|thumb| Uoterfront binosi, 2010-yil iyul oyidan beri Stokgolmdagi Avstraliya elchixonasi joylashgan (va Finlyandiyada akkreditatsiya qilingan). 1967-yil 1-martda Finlyandiya vakolatxonasini Kanberraga koʻchirish va uni elchixonaga aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi, shu sabab 1968-yil 2-iyunda Avstraliya Finlyandiyaga elchi tayinlashiga toʻgʻri keldi. Olavi Uanne sogʻligʻidagi muammolar tufayli Finlyandiyaga erta qaytib ketganidan soʻng, 1968-yil 1-oktyabrda uning oʻrniga oʻrinbosari Piter Graf fon der Pahlen tayinlandi.

1968-yil iyul oyida Shvetsiyadagi ikkinchi rezident elchi Roy Pichi Finlyandiyadagi birinchi elchi etib tayinlandi. 1968-yil noyabr oyida Finlyandiya hukumati Tuure Mentula mamlakatining birinchi elchisi etib tayinlanganini eʼlon qildi (keyinchalik Yangi Zelandiyaga ham) va u1969-yil 4-fevralda oʻz lavozimiga kirishdi. Finlyandiya elchixonasining Kanberraga koʻchishi bilan 1971-yilda Sidneyda Charlz Benyon Lloyd Jons boshchiligidagi faxriy konsullik tashkil etildi va 1973-yilda faxriy bosh konsullik maqomiga koʻtarildi. 1978-yilda Darvin prospektida, Yarralumlada Rommel Moorcroft & Partners kompaniyasi loyihalashtirgan hamda idora va elchilar qarorgohini oʻz ichiga olgan Finlyandiya elchixonasining yangi binosi ochildi. 1995-yilda Avstraliya Helsinkida faxriy konsullik ochdi. 1994-yil 15-avgustda Kris Rann Finlyandiyaning Janubiy Avstraliyadagi faxriy konsuli etib tayinlandi va 2005-yilda Finlyandiya „Arslon“ ordenining birinchi darajali ritsari unvoni bilan taqdirlandi.

2002-yilda Darvin avenyusi va Forster Crescent burchagida Finlyandiya elchixonasining yangi binosi ochildi, uni 1997-yilda tanlovda gʻolib chiqqan fin arxitektori Vesa Huttunen va Avstraliyaning MGT Architects kompaniyasi nazorat qiluvchi firmasi loyihalashtirgan edi. Binoning oʻziga xos modernistik uslubi, oʻsha paytda „Fin arxitektura anʼanalarining mukammalligidan dalolat“ beradi. 2015-yilda ushbu binoning yarmi Estoniya elchixonasiga aylantirildi va bitta binoda oʻziga xos ikkita elchixona tartibi oʻrnatildi.

Yuqori darajadagi safarlar

1990-yil oktyabr—noyabr — deputat Karolin Yakobsen boshchiligidagi Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya va Daniya parlament delegatsiyasi. 2002-yil 7-19-aprel — Avstraliya Senati prezidenti Margaret Rid boshchiligidagi Finlyandiya va Germaniya parlament delegatsiyasi. 2007-yil 13-17-fevral — Finlyandiya prezidenti Tarya Xalonen Avstraliyaga tashrif buyurdi. 2010-yil aprel — tashqi ishlar vaziri Stiven Smit Finlyandiyaga tashrif buyurdi. 2013-yil noyabr-dekabr — Aleksandr Stubb Yangi Zelandiya va Avstraliyaga tashqi savdo vaziri sifatida tashrif buyurdi. 2015-yil — Avstraliya Atrof-muhit vaziri Greg Hant Finlyandiyaga tashrif buyurdi. 2016-yil aprel-iyun — Avstraliya general-gubernatori ser Piter Kosgrov Finlyandiyaga davlat tashrifi buyurdi. 2016-yil 29-fevraldan 5-martgacha — tashqi ishlar vaziri Timo Soini va Mudofaa vaziri Jussi Niinistyo savdoni rivojlantirish maqsadida 9 ta kompaniya va tashkilotdan iborat delegatsiya bilan Avstraliyaga tashrif buyurdi.

Savdo-sotiq aloqalari right|thumb| 1988-yildan beri Finlyandiyaga Avstraliya tovarlari eksportining oylik qiymati (million Avstraliya dollari) right|thumb| 1988-yildan beri Avstraliyaga Finlyandiyatovarlari eksportining oylik qiymati (million Avstraliya dollari) Avstraliya Finlyandiya uchun muhim savdo sherigi boʻlib, Finlyandiyaning Yevropadan tashqaridagi tovar eksport qiluvchi eng yirik mamlakatidir. Avstraliya va Finlyandiya oʻrtasidagi umumiy ikki tomonlama tovar savdosi 2018-yilda 1,2 milliard AQSH dollarni tashkil etdi. Avstraliyaning Finlyandiyaga eksporti 88 million dollar boʻldi, asosan, koʻmir va spirtli ichimliklar, Finlyandiyaning Avstraliyaga eksporti esa 1,1 milliard dollarni tashkil etib, qurilish texnikasi va ehtiyot qismlar, yoʻlovchi va yuk mashinalari, qogʻoz va kartonni oʻz ichiga olgan. 2018-yilda Avstraliyaning Finlyandiyaga jami sarmoyasi 3,8 milliard dollarni boʻldi, Finlyandiya Avstraliyaga 863 million dollar sarmoya kiritdi. Finlyandiyaning bir qator transmilliy kompaniyalari, jumladan, Nokia, Stora Enso, Huhtamaki, Outokumpu, Wärtsilä va Konecranes, Avstraliyada biznes yuritmoqda.

Shartnomalar Ikki davlat oʻrtasida ekstraditsiya, ijtimoiy taʼminot va soliqqa tortish kabi turli sohalarni qamrab oluvchi 17 ta Avstraliya-Finlyandiya ikki tomonlama shartnomalar tuzilgan.

Migratsiya 1921-1939-yillarda Avstraliyaga 2000 ga yaqin fin koʻchib keldi. 1930-yillardan boshlab kichik fin jamoalari Mount Isa konchilar shaharchasida va Kvinslendning shimoli-gʻarbiy qismidagi Tulli va Ingham shakar sanoati shaharlarida tashkil topdi. Urushdan keyingi General Assisted Passage sxemasiga koʻra, 6000 ga yaqin fin Avstraliyaga koʻchib oʻtdi, bu migratsiya darajasi 1960- va 1970-yillarda ham davom etdi.