Timo Phil Horn (; 1993-yil 12-mayda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliga vakili 1. FK Köln klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati Horn ilk faoliyatini SC Rondorfda boshlagan va 2002-yilda 1. FC Köln klubiga qoʻshilgan. 15 yoshida „Liverpool“ning taklifini rad etgan. 2010—2011- va 2011—2012-yilgi mavsumlarda ham kattalar, ham zaxira jamoa tarkibida boʻlgan. Biroq, Horn oʻsha ikki mavsumda faqat zaxira jamoasida maydonga tushgan.
Köln 2. Bundesliganing 2011—2012-yilgi mavsumida quyi ligaga tushib ketishi aniq boʻldi. Ularning eng yaxshi ikki posbonlari Michael Rensing va Miro Varvodić klubni tark etdi, bu esa Hornga 2012—2013-yilgi mavsumda jamoaning asosiy darvozaboni boʻlishiga imkon berdi
Köln 2012—2013-yilda mavsumda 5-oʻrinni egallagan va keyingi yili 1-oʻrinni egallab, Bundesligaga qaytishga muvaffaq boʻldi. 2013—2014-yilgi mavsumdan soʻng, Horn Köln muxlislari tomonidan mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.
Horn Bundesligadagi debyutini 2014-yilning 23-avgustida „Hamburger SV“ga qarshi o‘tkazdi va o‘z darvozasi daxlsizligini taʼminladi. Horn Bundesligadagi faoliyatinining dastlabki toʻrtta oʻyinida gol oʻtkazmagan. 2014-yilning 19-dekabrida Horn „Köln“da 2019-yilgacha qolish uchun shartnomani uzaytirdi.
2015—2016-yilgi mavsumdan soʻng Horn yana bir bor jamoadagi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 33 ta oʻyinda maydonga tushdi. Shundan 8 ta oʻyinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
2018-yilning 8-aprelida Horn „Köln“ bilan shartnomani uzaytirdi va 2022-yilgacha klubda qoldi.
Xalqaro faoliyati Horn 2016-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan, musobaqada Germaniya kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Faoliyat statistikasi
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiManbaDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollar1. FC Köln II2010—2011Regionalliga West150———1502011—2012140———140Jami290000000290—1. FC Köln2012—20132. Bundesliga33020——3502013—201432030——3502014—2015Bundesliga33030——3602015—201633020——3502016—201720010——2102017—20183403060—4302018—20192. Bundesliga33020——3502019—2020Bundesliga34020——3602020—202134030—203902021—202213000——1302022—2023001000—10Jami299022060203290—Jami faoliyati328022060203580—
Yutuqlari 1. FK Köln
2. Bundesliga: 2013—2014, 2018—2019
Germaniya
Yozgi Olimpiya oʻyinlari: kumush medal, 2016-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Olimpiyada medalini olgan futbolchilar Turkum:2016-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari medal sovrindorlari