Anna Svyatoslavovna Yanovskaya (; 1996-yil 23-noyabrda tugʻilgan) - muz ustida raqs boʻyicha musobaqalarda qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Hozir Ádám Lukács bilan Vengriya vakili sifatida musobaqalarda qatnashayotgan Anna uch karra Vengriya milliy chempioni (2018—2019, 2021) boʻlgan.
Anna konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Sergey Mozgov bilan birga 2015-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni, ikki karra (2013, 2014) oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri finali chempioni, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Olimpiada chempioni, 2014-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medali sovrindori va 2015-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempioni boʻlgan.
Faoliyati Yanovskaya toʻrt yoshidan konkida uchishni boshlagan. Figurali uchuvchilarni televizorda koʻrib konkida uchishga qiziqib qolgan. Faoliyatining boshida Anna Filipp Doljanskiy bilan juftlikda musobaqalarda qatnashgan. Anna 2008-yilda Yegor Kosheyev bilan juftlik hosil qilgan va 2010 — 2011-yilgi mavsum oxirigacha u bilan birga konkida uchgan.
Mozgov bilan juftlikda Yanovskaya 2011-yilda Sergey Mozgov bilan juftlik hosil qilgan. Ularga asosan Svetlana Alekseyeva Moskvadagi „Medvedkovo“ muz maydonida murabbiylik qilgan.
Yanovskaya / Mozgov juftligi Polshaning Gdansk shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi birinchi Gran-pri musobaqasida bronza medalini, keyin esa Estoniyaning Tallin shahrida oʻtkazilgan turnirda oltin medalni qo‘lga kiritgan. Juftlikning bu natijasi ularga oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanma bergan. Juftlik finalning qisqa dasturida ikkinchi, erkin dastur boʻyicha esa uchinchi oʻrinni egallagan va Aleksandra Stepanova / Ivan Bukinjuftligini ortda qoldirib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik 2012-yilgi oʻsmirlar ortasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgach, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, qisqa dastur boʻyicha uchinchi oʻrinni egallagan. Erkin dastur namoyishi paytida Mozgovning chap oyoq kiyimi boʻshashib qolgani sababli hakam musiqani toʻxtattirib qoʻygan. Yanovskaya / Mozgov juftligi erkin dasturda amerikalik Aleksandra Oldrij / Daniel Eatondan keyin to‘rtinchi o‘rinni egallagan, ammo umumiy natija bilan ulardan oʻzib ketib bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Dasturlari
Mozgov bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur2015-2016 Ribellione
My Sweet and Tender Beast The Great Gatsby Young and Beautiful
A Little Party Never Killed Nobody2013-2014 Puttinʼ On the Ritz
Fever Il Mirto E La Rosa2012-2013 Why Donʼt You Do Right?
Land of a Thousand Dances Maktub Inta Eih
Ya habibi yalla
Natijalari
Mozgov bilan GP: Gran pri; CS: Challanger seriyasi; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri XalqaroTadbir11-1212-1313-1414-1515-16 Bompard6 Skate America6Xalqaro: oʻsmirlarJahon chemp.421ㅤOlimpiada1ㅤ finali241ㅤ1ㅤ Avstriya2 Xorvatiya1ㅤ Estoniya1ㅤ1ㅤ1ㅤ Polsha3 Slovakiya1ㅤ Sloveniya2Volvo Open Cup1-J1-JMilliyRossiya chemp.6Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chemp.4321ㅤJamoa tadbirlariJ = Oʻsmirlar darajasi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar