Alexander Huber (; 1985-yil 25-fevral) — tojikistonlik nafaqadagi professional futbolchi. Himoyachi sifatida oʻynagan.

Yoshligi Huber Sovet Ittifoqining Leninobod shahrida tugʻilgan va 1989-yilda Germaniyaning Marburg hududi, Neustadt shahriga kelgan.

Klublardagi faoliyati Huber oʻz faoliyatini 1993-yilda Khujand klubida boshlagan. Shuningdek 1993-yil oxirida VfL Neustadtda oʻynay boshlagan. 1999-yilning yozida Eintracht Frankfurt jamoasi tomonidan sotib olingan va 2004-yilda asosiy jamoaga oʻtgan. 2. Bundesligadagi birinchi mavsumida yettita oʻyindan soʻng, 2006-yilning yanvarida Regionalliga West/Südwes vakli TSG 1899 Hoffenheimga ijaraga berildi. Mavsum oxirigacha „Hoffenheim“ safida oltita o‘yin o‘tkazdi. 2006-yilning yozida Frankfurtning „Eintracht“iga qaytdi va 2006-yilning dekabrigacha jamoada oʻynadi, Keyin Eintracht Braunschweigga oʻtdi. Braunschweig quyi ligaga tushib ketganidan soʻng, oʻzining sobiq klubi Eintracht Frankfurtda mashgʻulotlar oʻtkazdi va Hamburger SV zaxira jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Hamburger SV II bilan bir yil oʻynagach, 2008-yil yozida Kickers Offenbach bilan shartnoma imzoladi.

2017-yilning yozida Huber futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Xalqaro faoliyati Huber Germaniya U20 terma jamoasi safida toʻqqizta oʻyin oʻtkazgan va bitta gol urdi. Gollandiyada boʻlib oʻtgan 2005-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida jamosi safida oʻynadi va keyinchalik Germaniya B terma jamoasi bilan 2006-yilda bitta oʻyinda ishtirok etgan. Shuningdek, Huber Tojikiston pasportiga ham ega.

2017-yil 2-iyun kuni Huber ilk bor Tojikiston terma jamoasiga 2017-yil 13-iyun kuni Osiyo Kubogi—2019 saralashining 3-bosqichi doirasida Filippinga qarshi o‘yinga chaqirildi. Oʻyinning birinchi boʻlimida toʻliq oʻynadi, tanaffusda zaxiraga olindi.

Faoliyat statistikasi

Klubda +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarEintracht Frankfurt2004—20052. Bundesliga7000—702005—2006Bundesliga0000—002006—200730101151Jami10010111211899 Hoffenheim (ijara)2005—2006Regionalliga Süd11000—110Eintracht Braunschweig2006—20072. Bundesliga17000—170Hamburger SV II2007—2008Regionalliga Nord25000—250Kickers Offenbach2008—20093. Liga37120—3912009—201037210—3822010—201116110—171Jami90440—944FSV Frankfurt2011—20122. Bundesliga28020—3002012—201332010—3302013—201433120—3512014—201533020—3502015—201631010—320Jami157180—1651Jami faoliyati3105130113246

Xalqaro +Milliy terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollarMilliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Tojikiston 2017 1 0 Jami 1 0

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar