Aleksandr Stepanovich Abdalin (1906-yil 25-dekabr, Saratov viloyati Xmelinka – 1978-yil 23-oktabr, Toshkent) – Oʻzbekiston SSR davlat va siyosiy arbobi; Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisining oʻrinbosari (1963—1978).
Tarjimai holi Aleksandr Stepanovich Abdalin 1906-yil 25-dekabrda Saratov guberniyasining Xmelinka shahridaNine territoriya otnositsya k Saratovskoy oblasti (sm.: ). kambagʻal dehqon oilasida tugʻiladi.
1922-yildan mardikor sifatida ishlagan. 1923-yilda komsomol, 1930-yilda – BKP(b)ga aʼzo boʻladi. Oʻzbekiston Kompartiyasi (b) MK instruktori, Oʻzbekiston KP (b) MK boʻlim mudiri oʻrinbosari va boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Kompartiyasi(b) Fargʻona viloyat qoʻmitasi 2-kotibi lavozimlarida ishlaydi.
1959-yil 23-martgacha – Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining 2-kotibi.
Abdalin 1963-yildan—1978-yil 2-oktyabrgacha – Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisining oʻrinbosari; bundan tashqari, bir vaqtning oʻzida – Oʻzbekiston Respublika tabiatni muhofaza qilish jamiyati raisi sifatida ham faoliyat yuritadi.
Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi 3—9-chaqiriqlar deputati.
Aleksandr Abdalin 1978-yil 23-oktyabrda vafot etadi, Chigʻatoy qabristoniga dafn etiladi.
Mukofotlari Oktyabr inqilobi ordeni Beshta Mehnat Qizil Bayroq ordeni Qizil Yulduz ordeni „Shon-sharaf belgisi“ ordeni
Xotirlash Sirdaryo viloyatida paxtachilik sovxoziga A. S. Abdalin nomi beriladi.
Manbalar
Turkum:Chigʻatoy qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Fargʻona viloyat qoʻmitasi ikkinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining ikkinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi Raisining oʻrinbosarlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 5-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 8-chaqiriq deputatlari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 9-chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar