„Napitki pokrepche“ (, yaʼni „Kuchliroq ichimliklar“) — „Zveri“ rus rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2004-yil eʼlon qilingan. Guruhning oʻsha yili chiqarilgan „Rayoni-kvartali“ nomli studiyaviy albomiga oltinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq soʻzini ham, kuyini ham guruh solisti Roman Bilik yozgan. 2020-yil chop etilgan „Jiviye poeti II“ kitobida Rossiyaning Sengiley shahrilik oʻsmir qoʻshiq soʻzini qisman yozganini iddao qilgani eʼtirof etilgan.

„Napitki pokrepche“ guruh repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir. Qoʻshiq uchun olingan klip „Muz-TV“ va „MTV Rossiya“ telekanallarida muntazam ravishda namoyish qilingan.

Qoʻshiqning pianino va gitara partiyalari boshqacharoq aranjirovkadagi versiyasi „Luchsheye“ (2013) hamda „Vsye luchsheye v odnom“ (2014) terma albomlariga kiritilgan. Shuningdek, taronaning jonli ijro etilgan akustik versiyasi „Akustik“ (2009) nomli albomdan oʻrin olgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Zveri qoʻshiqlari Turkum:2004-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar