Xoldevonbek tumani — Oʻzbekiston SSR Andijon viloyatida 1943—1962-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy birlik. Tarixi Xoldevonbek tumani 1943-yil 13-fevralda Andijon viloyati tarkibida tashkil etilgan. Markazi Xoldevonbek qishlogʻi. Stalin tumanidagi 6 ta qishloq soveti va Lenin tumanidagi 1 ta qishloq soveti tuman tarkibiga oʻtkazilgan.
1948-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, tuman tarkibiga 8 ta qishloq soveti kirgan: Oxunboboyev, Boʻston, Kirov, Kuybishev, Leninobod, Maksim Gorkiy, Naynavo va Haqiqat.
1962-yil 24-dekabrda tuman tugatilgan. Aholisi 1959-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga koʻra, tumanda 27 597 kishi yashagan. Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonning tugatilgan tumanlari Turkum:Andijon tumanlari