Sami Abdullah Al-Jaber () () (1972-yil 11-dekabrda tugʻilgan) — sobiq professional futbolchi. Sami Al-Jaber hujumchi sifatida oʻynagan. Sami Al-Jaber butun faoliyatini „Al Hilal“ futbol klubida oʻtkazgan.

Klublardagi faoliyati Sami Al-Jaber 1989-yilda „Al Hilal“ futbol klubi safida ilk oʻyinini oʻtkazdi. Bundan soʻng, Sami Al-Jaber futbolchilik faoliyatining deyarli 20 yilini klubda o‘tkazdi. 2000-yilda Sami Al-Jaber „Wolverhampton Wanderers“ futbol klubiga safiga ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. Sami Al-Jaber u yerda besh oy ichida bor-yoʻgʻi beshta oʻyinda maydonga tushdi. Klub maʼmuriyati Sami Al-Jaberning otasi ogʻir kasal boʻlib qolganini bilgach, unga Birlashgan Arab Amirliklarining „Al Ain“ futbol jamoasiga ijaraga oʻtishga ruxsat berishdi. Shu bilan Sami Al-Jaberning Angliyadagi faoliyati nihopyasiga yetdi. Shunga qaramay, Sami Al-Jaber shu kungacha vatanidan tashqarida oʻynagan saudiyalik futbolchilardan biri boʻlib qolmoqda.

2008-yil 21-yanvarda Sami Al-Jaber „Al Hilal“ futbol kklubi safida Angliya Premyer-ligasi vakili „Manchester United“ futbol klubiga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Sami Al-Jaber klub safidagi soʻnggi oʻyinida mehmonlar ustidan 3:2 hisobida gʻalaba qozonish uchun penaltini aniq amalga oshirdi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati 1998-yil 27-may kuni Sami Al-Jaber Norvegiya milliy futbol terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘zining terma jamoa safidagi 100-milliy o‘yinini o‘tkazdi. 25 yosh, toʻrt oy va 16 kunligida oʻtkazgan ushbu uchrashuvi Sami Al-Jaberni xalqaro maydonda 100 va undan ortiq xalqaro oʻyin oʻtkazgan eng yosh erkak futbolchiga aylantirdi.

Sami Al-Jaber terma jamoa safida 2000-yilgi Osiyo kubogi musobaqasida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan edi.

Menejerlik faoliyati Sami Al-Jaber 2009-yilda, professional futboldan ketganidan bir yil oʻtib, „Al Hilal“ futbol klubiga yordamchi murabbiy etib tayinlandi. Sami Al-Jaber klub safida Erik Gerets, Gabriel Calderon va Thomas Doll kabi taniqli murabbiylar qoʻl ostida ishladi. 2012-yilda Sami Al-Jaber Liga 2 jamoasi „AJ Auxerre“ futbol klubining yordamchi murabbiyi boʻldi.

2013-yilning 27-mayida Sami Al-Jaber sobiq murabbiy Zlatko Dalić o‘rniga „Al Hilal“ futbol klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Sami Al-Jaber 1999-yildan beri Khalil Ibrahim Al-Zayaniyning 14 yillik faoliyatidan so‘ng „Al Hilal“ futbol klubini boshqargan birinchi saudiyalik murabbiy bo‘ldi. Yangi faoliyatidagi birinchi mavsumdan soʻng, Sami Al-Jaber futbol boʻyicha murabbiylar dunyosi reytingida 19-oʻrinni egalladi. Shundan soʻng, 2014-yil 19-iyulda „Al Arabi“ futbol klubi Sami Al-Jaberni jamoaning texnik menejeri lavozimiga tayinlanganini eʼlon qildi.

Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaKubokMintaqaJamiDiviziyaOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarOʻyinGollarAl Hilal1988—1989Saudiya Professional ligasi11231001431989—19902016710027171990—19912114636333201991—199213693002291992—19932119520027211993—1994000000001994—19951221380025101995—1996194110003041996—19971329310531101997—1998152869632141998—19991971165235151999—2000196954032112000—200113162522452001—200217320642572002—200315282202542003—200413320411932004—200516111080026192005—20066042301322006—200751320083Wolverhampton (ijara)2000—200140100050Jami272101127545423453177

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Saudiya Arabistonilik erkak futbolchilar Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:FIFA Century Club Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari