Pertunmaa cherkov qishlogʻi (Pertunmaa nomi bilan ham tanilgan; ) — Janubiy Savonia viloyatidagi Pertunmaa munitsipalitetida joylashgan eng katta urbanizatsiyalashgan hudud va munitsipalitet markazi. Janubdagi Kuortti qishlogʻi bilan birgalikda u munitsipalitetning asosiy aholi punktlaridan biri hisoblanadi. Qishloqda 2020-yilda 439 nafar aholi istiqomat qilgan. U ikkita katta koʻl: Pienijärvi va Peruvesining orasida joylashganPertunmaa karttapalvelu (fin tilida).
Qishloqdagi eng muhim binolar qatoriga 1929-yilda qurilgan Pertunmaa cherkovi kiradiMäntyharjun seurakunta: Pertunmaan kirkko (fin tilida). Qishloqdagi boshqa xizmat koʻrsatish binolari qatoriga shahar idorasi, Osuuspankki banki, oʻt oʻchirish boʻlimi, sogʻliqni saqlash markazi, maktab (0—9-sinflar) va ikkita oziq-ovqat doʻkoni (K-MarketK-Market Karpalo (fin tilida) va Sale) kiradiSale Pertunmaa (fin tilida).
Har yili qishloqda anʼanaviy Pertun päivät („Pertun kunlari“) yozgi tadbirlari tashkil etiladi.
Manbalar
Havolalar Kirkonkylä — Pertunmaa munitsipalitetining rasmiy sayti (fin tilida)
Turkum:Finlandiyadagi qishloqlar