Yaxshigul Otaboyeva (1920-yil, Kalinin tumani, Toshkent viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1948), KPSS aʼzosi (1947). Tarjimayi holi Yaxshigul Otaboyeva 1920-yil Kalinin tumanida tavallud topgan. Otaboyeva Yangiyoʻl tumanidagi H. Tursunqulov nomli kolxozda kolxozchi, zveno va brigada boshligʻi (1939—1972) boʻlib ishlagan. 1947-yilda Otaboyeva boshliq zvenoda 4 gektar yerning gektaridan 86,1 sentner paxta yetishtirilgan 3 marta Lenin ordeni, 2 marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan. 1972-yilda pensiyaga chiqqan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1920-yilda tugʻilganlar Turkum:Zangiota tumanida tugʻilganlar