Armaniston Respublikasi (, Hayastani Hanrapetutyun) — Kavkazortining janubiy qismida joylashgan mamlakat. Shimolda Gurjiston, sharqda Ozarbayjon, janubda Eron, gʻarbda Turkiya bilan chegaradosh. 37 ta tuman, 27 ta shahar, 31 ta shaharcha bor. Maydoni 29,8 ming km². Aholisi 3,277 mln (2012). kishi. Poytaxti — Yerevan shahri. Davlat tuzumi. Armaniston — Demokratik respublika. Davlat boshligʻi — Prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organi — Millat majlisi (1995-yildan). Oliy ijroiya va farmoyish beruvchi organi — Vazirlar Kengashi.
Tabiati Armaniston — togʻli mamlakat, relyefi murakkab, past-baland. Hududining 90 % ga yaqini dengiz sathidan 1000 metr dan baland. Yer yuzasining dengiz sathidan eng yuqori nuqtasi 4090 metr (Aragats togʻi), eng past nuqtasi 350 metr. Respublikaning shimol va shimol-sharqida Kichik Kavkaz tizmasi, janubda Armaniston yassitogʻligi bor. Togʻ tizmalari oraligʻida Pambak va Shiroq vodiylari, Sevan havzasi, Armanistonning janubiy-gʻarbida — togʻlar oraligʻida — Ararat tekisligi joylashgan. Armanistonda mis-molibden, mis kolchedani, polimetall rudalar, oltin, temir rudasi, nefelin boʻyoqlari, bentonit gillari, tosh tuz konlari bor. Binokorlik materiallari (marmar, dolomit, tuf, pemza, obsidion, per-lit) zaxiralari anchagina. Respublika subtropik mintaqada joylashgan. Armaniston iqlimi xilma-xil. Tekislik va togʻ etaklarida iyulning oʻrtacha temperaturasi 24°, 26°, yanvarniki — 5°, yillik yogʻin miqdori 200 – 400 mm. Plato va togʻ yon bagʻirlarida iyulning oʻrtacha temperaturasi 18°, 20°, yanvarniki — 4°, yillik yogʻin miqdori 500 mm. Janubi-sharq va Shimol-sharqda iqlimi quruq subtropik. Armanistonda eng yuqori temperatura 42° (Araks vodiysida), eng past temperatura — 46° (Shimol-gʻarbda). Qor qatlamining qalinligi 10 — 200 sm. Daryolarning koʻpi Araks daryosi irmoklaridir, faqat Armaniston Shimoldagi daryolar Kura daryo tizimiga kiradi. Armaniston daryolarida kema qatnay olmaydi. Daryolarning umumiy gidroenergiya zaxirasi 1700 ming kVt. Armanistonda yuzdan ortiq mayda koʻl bor. Eng kattasi — Sevan. Unda mashhur gulmohi (forel) baligʻi ovlanadi. Mingga yaqin mineral buloq bor. Armanistonda xilma-xil tuproqlar uchraydi; respublika maydonining yarmiga yaqini qora tuproqli. Togʻ etaklarida tikanli butalar, archa, tol, naʼmatak oʻsadi. Oʻrmon va butazorlar Armaniston hududining 12 % ni egallagan. Shimoli-sharqda buk, janubdadub va grab oʻrmonlari mavjud. Armanistonda umurtqali hayvonlarning 450 turi bor. Shundan 70 turi sut emizuvchilar, 300 turi parrandalar, 40 turi sudralib yuruvchilar, 23 turi baliqlardir. Qoʻriqxonalari: Dilijon. Xosrov va boshqalar Sevan milliy bogʻi bor .
Aholisi Armanistonning asosiy aholisi — armanlar (3 mln.dan ortiq). Ruslar, kurdlar, gruzinlar, ukrainlar va boshqalar ham yashaydi. Aholining 69,5 % shaharlarda istiqomat qiladi. Rasmiy tili — Arman tili. Dindorlar asosan xristian-monofisiylardir. Yirik shaharlari — Yerevan, Gyumri, Vanadzor.
Tarixi 250px|left|thumb
Arxeologik qazishlar natijasida hozirgi Armaniston yerlarida quyi paleolitning shell va ashel davriga oid tosh qurollari topildi. Armaniston togʻ etaklarida toʻrtlamchi davrning birinchi yarmida ibtidoiy odamlar yashagan. Armanistonda neolit yodgorliklari, qishloq xoʻjalik va chorvachilikning dastlabki rivojidan dalolat beruvchi eneolit madaniyati ham ochilgan. 1956-yil Sevan koʻlining suvi quritilib, arxeologik qazish ishlari oʻtkazilganda miloddan avvalgi 2 minginchi yilga oid tarixiy yodgorliklar topildi. Urartu quldorlik davlati madaniyati (miloddan avvalgi IX asr) temir davrining yodgorligidir. Arman xalqi qadimgi hay, arman, urart va boshqalar qabilalarning birlashuvidan paydo boʻlgan. miloddan avvalgi VI asrda arman qabilalari Urartu davlati yerlarini egallagan. miloddan avvalgi VI asr oxirlarida Armaniston Eron Axomaniylar davlati tar-kibiga kirgan. Makedoniyalik Aleksandr Eron davlatini tor-mor keltirgach, Armaniston yerlari ham uning imperiyasiga qoʻshildi. miloddan avvalgi IV asr oxirlarida Kichik Armanistonda va Ararat vodiysida mustaqil arman podsholiklari ajralib chiqdi. janubiy — gʻarbiy Armaniston va Janubiy Armaniston tobe podsholiklar sifatida Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. taxminan miloddan avvalgi 220 yil Ararat podsholigi bilan Janubiy Armanistonning birlashuvidan Buyuk Armaniston tashkil topdi. Salavkiylarning rimliklarga qarshi kurashdagi magʻlubiyati (miloddan avvalgi 190-yil)dan foydalanib, Buyuk Armaniston bilan Sofena mustaqillikka erishdi. Armaniston Tigran II Artashes (miloddan avvalgi I asr) davrida savdo va ma-daniyati rivojlangan yirik davlatga aylandi. Mil. I asrdan Buyuk Armaniston Rim bilan Eron davlati oʻrtasida kurash maydoni boʻlib qoldi va inqirozga yuz tuta boshladi. III asr boshlarida Armanistonda feodal munosabatlar yuzaga kela boshladi. Ayniqsa, IV asrda xristian dinining qabul qilinishi natijasida arman cherkovi feodalizmning qudratli tashkilotlariga aylandi. 387-yilda Armaniston Eron sosoniylari va Vizantiya oʻrtasida taqsimlandi. Armanistonning katta qismi Eronning vassaliga aylanib qoldi. VII asrning 2-yarmida Armaniston arab xalifaligiga boʻysundi. Arman xalqi bosqinchilarga qarshi bir necha bor (450 — 451, 482 — 484, 571 — 572, 747 — 750, 772 — 775, 850 — 855 yillar) qoʻzgʻolon koʻtardi. Milliy madaniyatni saqlab qolish uchun olib borilgan kurash natijasida arman feodal adabiyoti va meʼmorligi rivojlandi. 393 yilda Mesrop Mashtots arman alifbosini yaratdi. Arablarga qarshi uzoq davom etgan kurash jarayonida bagratiylar podsholigi tashkil topdi. Bafatiylar sulolasiga asos solgan Ashot I davri (886 — 891)da arab xalifaligi va Vizantiya imperatori Armaniston mustaqilligini tan oldi. Ashot II (914 — 928) Sevan koʻli atro-fida arab qoʻshinini magʻlubiyatga uchratdi (921) va oʻzini Armaniston knyazlarining knyazi deb eʼlon qildi. Ashot III (953 — 977) mamlakatni birlashtirish, markazlash-gan hokimiyatni mustahkamlash siyosatini yurgizdi. Mamlakatda katta-katta inshootlar qurildi. Iqtisodiy va madaniy hayot yuksala boshladi. Dvin, Ani, Kars, Naxichevan hamda Van mamlakatning yirik madaniy shaharlariga aylandi. Lekin feodallarning bir-biriga qarshi urushi arman davlatini par-chalab yubordi. Vizantiya imperiyasining bosqinchilik siyosati esa mamlakatni tushkunlikka uchratdi. Armanistonni I-asrda saljuqiylar, XIII asrda moʻgʻullar, XIV asrda Amir Temur bosib oldi. 16 — XVIII asrlarda Turkiya bilan Eron oʻrtasida kurash maydoniga aylandi. 1555-yilda Turkiya bilan Eron oʻrtasida tuzilgan bitimga asosan Turkiya Gʻarbiy Armanistonning katta qismini, Eron esa Sharqiy Armanistonni oldi. 1801-yildan Sharqiy Armaniston Eron zulmidan ozod qilina boshladi. 1828-yilgi rus-eron urushi natijasida Erevan va [Naxichevan xonliklari Rossiyaga qoʻshildi. 1877 — 1878 yillardagi rus-turk urushi natijasida Kars va Gʻarbiy Armanistonning ayrim hududlari Rossiyaga qoʻshib olindi. 1917-yilda hokimi-yat dashnoklar qoʻliga oʻtdi. 1918-yil yezda Turkiya Brest sulhi shartnomasini buzib, Armanistonning katta qismini bosib oldi. 1918-yil noyabrda ularning oʻrnini ingliz qoʻshinlari egalladi. 1920-yilda sovet hokimiyati oʻrnatiddi va Armaniston SSR tuzildi. 1922-yildan Armaniston Zakavkazye federatsiyasiga, 1936-yildan bevosita SSSR tarkibiga kirdi. 1990-yil avpda Armaniston Oliy Kengashi uni Armaniston Respublikasi deb atash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 1991-yil 24-sentabrda Armaniston mustaqil deb eʼlon qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1995-yil 27-oktabrda oʻrnatgan.
Siyosiy partiyalari va jamoat tashkilotlari thumb|right|250px|Yerevan Teleminorasi Armanistonda 20 dan ortiq siyosiy partiya faoliyat koʻrsatmoqda. Bular: Armaniston umummilliy harakati, Liberal demokratik partiya, Respublika partisi, Xristian-demokratik partiya, Milliy-konservativ partiya, Milliy uy-gʻonish partiyasi, Milliy oʻzligini anglash birlashmasi, Konstitutsion huquq ittifoqi, Milliy-demokratik ittifoq. Armaniston millatparvar partiyasi va boshqalar Eng muhim jamoat tashkilotlari: Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi. Umumarman „Ayastan“ jamgʻarmasi, Respublika xotin-qizlar kengashi va boshqalarRadiostansii Armenii na http://radiomap.eu.
Iqtisodiyoti Armaniston sanoatlashgan va koʻp tarmoqli qishloq xoʻjalik yaxshi rivojlangan mamlakat. Asosiy tarmoklari: rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, neft kimyosi, oziq-ovqat sanoati, binokorlik materiallari, sabzavotchilik, uzumchilik, mevachilik. Yalpi ichki mahsulot tizimida sanoatning ulushi 48,3 %, qishloq xoʻjalikning ulushi 25,7 % ni tashkil etadi.
Sanoati Sanoatida aniq stanoklar, devorbop tuf materiallari, molibden konsentrati, mis kuporosi, koʻchma elektr stansiyalar, markazdan qochirma nasoslar, soatlar, tozalangan mis, kalsiy karbid, sirka kislotasi, sintetik kauchuk, avtopokrishkalar, temirchilik-press mashinalari, elektr motorlar, kompressorlar, gidronasoslar, liftlar, marmar, gilamlar, trikotaj, kiyim-kechak, poyabzal, meva konservalari, efir moyli mahsulotlar, vino-konyak ishlab chiqarish asosiy oʻrin tutadi. Elektr energetika sohasida Razdan, Yerevan issiklik elektr stansiyalari, 6 stansiyadan iborat Razdan kaskadi ishlab turibdi. Yiliga 9,5 mlrd. Kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Asosiy sanoat markazlari: Yerevan, Gyumri, Charensavan, Abovyan, Dilijon va boshqalar
Qishloq xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar kam boʻlishiga qaramay, qishloq xoʻjalik koʻp tarmokli. Sugʻorma dehqonchilik katta ahamiyatga ega. Yirik kanallari: Artashat, Arzni-Shamiram va boshqalar Meva va rezavor meva hosili 156 ming t, uzum hosili 144 ming t. Ekinzorlari 437 mingga, shu jumladan gʻallazorlar 32 % (bugʻ-doy, arpa), yem-xashak ekinzorlari 58 %. Yalpi don hosili 0,2 mln. tonna. Kartoshka, sabzavot, tamaki, qand lavlagi yetishtiriladi. Chorvachilik asosan sut-goʻsht, jun yetishtirishga ixtisoslashgan.
Transporti thumb|right|250px|Elektropoezd Mamlakatning umumiy yuk aylanmasida 56 % dan koʻprogʻi temir yoʻl ga toʻgʻri keladi. Temir yoʻllar uzunligi — 640 km. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari — 7,7 ming km. Ham-masi qattiq qoplamali. Aviayoʻnalishlar Armanistonni MDH davlatlarining koʻpgina shaharlari bilan bogʻlaydi. Gaz quvuri tarmoklari bor.
Kurortlari thumb|300px|Lori viloyatidagagi oʻrmon Arzni, Jermuk, Dilijon, Saxkadzor va boshqalar Pul birligi — Dram.
Xalq maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Armanistonda barcha turdagi maktablar, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari keng tarmogʻi mavjud. Armanistonda 65 oʻrta maxsus oʻquv yurti, 13 oliy oʻquv yurti, jumladan Yerevan universiteti, Politexnika, Tibbiyot, Xalq xoʻjaligi, pedagogika va boshqalar institutlar bor. Armaniston Fanlar akademiyasi, oʻnlab ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari ishlab turibdi. Armanistonda 1,3 ming ommaviy kutubxona, 14 teatr, mingdan ortiq klub muassasasi, 800 dan koʻproq kino qurilma, 37 muzey mavjud. Bir nechta gazeta va jurnal nashr etiladi; kitob nashri yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. 1926-yildan Yerevandan radio eshittirish, 1956-yildan telekoʻrsatuv boshlangan.
Adabiyoti