Colin Fraser () (1985-yil 28-yanvarda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. Colin Fraser Milliy xokkey ligasida „Chicago Blackhawks“, „Edmonton Oilers“, "Los Angeles Kings' va „St. Louis Blues“ kabi xokkey jamoalarida oʻynagan.

Oʻyin faoliyati Colin Fraser Sicamous shahrida tugʻilgan, ammo Britaniya Kolumbiyasining Surrey shahrida oʻsgan. Colin Fraser toʻrt yil davomida „Red Deer Rebels“ xokkey klubi bilan Gʻarbiy xokkey ligasida (WHL) asosiy oʻyinchi sifatida faoliyat olib borgan. Shundan soʻng, Colin Fraser 2003-yilgi NHL kirish loyihasida „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi safiga 69-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. Colin Fraser 2004-yil 19-fevralda James Vandermeer bilan birga „Chicago Blackhawks“ xokkey klubiga sotildi.

2004—2005-yillarda professionalga aylangan Colin Fraser Amerika xokkey ligasi (AHL) vakili „Norfolk Admirals“ xokkey klubi safida oʻzining ilk professional oʻyinini oʻtkazdi. Shundan keyin, Colin Fraser 2006—2007-yillarda „Blackhawks“ xokkey klubi bilan NHLdagi ilk oʻyinini oʻtkazdi.

2009—2010-yilgi mavsumda Colin Fraser „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi safida Stanley kubogini qoʻlga kiritdi. 2010-yil 24-iyun kuni Colin Fraserning „Edmonton Oilers“ xokkey klubi safiga qoʻshilishi eʼlon qilindi.

2014-yil 5-sentyabrda „St. Louis Blues“ xokkey jamoasi Colin Fraser bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Colin Fraser klubninig oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatanashganidan soʻng, klubning AHL boʻlimi boʻlgan „Chicago Wolves“ xokkey klubi safiga tayinlandi. 2014-yilning 31-dekabrida Colin Fraser „St. Louis Blues“ xokkey klubi safiga chaqirib olindi.

2015-yil 16-iyun kuni Colin Fraser faoliyatini Yevropada davom ettirish uchun Germaniya klubi, Deutsche Eishockey Liganing „Thomas Sabo Ice Tigers“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 2015-yil 18-noyabrda Colin Fraser shaxsiy sabablarga koʻra professional xokkeyni darhol tark etishini eʼlon qildi.

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Colin Fraser 2005-yilda Grand Forksda boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Kanada milliy xokkey terma jamoasi safida ishtirok etdi. Colin Fraser musobaqada oltita oʻyinda besh ochko toʻpladi va Kanadaga finalda Rossiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda oltin medalni qoʻlga kiritishga yordam berdi.

Faoliyat statistikasi

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2000—2001Port Coquitlam BuckaroosPIJHL38162440908224212001—2002Red Deer RebelsWHL6711314212623213392002—2003Red Deer RebelsWHL69153752192227613402003—2004Red Deer RebelsWHL70242953174195914242004—2005Red Deer RebelsWHL63244367148725782004—2005Norfolk AdmiralsAHL300020610122005—2006Norfolk AdmiralsAHL73121325145400072006—2007Norfolk AdmiralsAHL671224361586101212006—2007Chicago BlackhawksNHL10002—————2007—2008Rockford IceHogsAHL7517244116512123282007—2008Chicago BlackhawksNHL50007—————2008—2009Chicago BlackhawksNHL816111755200022009—2010Chicago BlackhawksNHL707121944300002010—2011Edmonton OilersNHL6732560—————2011—2012Los Angeles KingsNHL67268671811242012—2013Los Angeles KingsNHL342572516022102013—2014Los Angeles KingsNHL3302230—————2013—2014Manchester MonarchsAHL103364—————2014—2015Chicago WolvesAHL59981767510142014—2015St. Louis BluesNHL10000—————2015—2016Thomas Sabo Ice TigersDEL1705569—————AHL jami28953721255593342662NHL jami3592038582903913416

Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2002-yil Kanada U17 6 1 0 1 6 2002-yil Kanada U18 5 2 1 3 4 2005-yil Kanada WJC 6 1 4 5 2 Jami 17 4 5 9 12

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Kanada xokkeychilari