Akbar Hamidovich Atamuhamedov ( ; 1987- yil 13 noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR ) — oʻzbek estrada xonandasi, bastakor, aktyor, radio va teleboshlovchi..SADO guruhning solisti va  badiiy rahbari (2004-yildan). Atamuhamedov gʻarbning mashhur qoʻshiqlariga oʻzbek milliy koverlarini uyg‘unlashtirish, Farrux Zokirov qoʻshiqlari hamda mualliflik kompozitsiyalarini ijro etish bilan orqali tanilgan. Uning diskografiyasida SADO guruhining bir qismi sifatida 1 ta yakkaxon va 3 ta albom mavjud. Akbar Hamidovich 20162016-yilda ,,Shuhrat” medali bilan taqdirlangan О награждении в связи с двадцать пятой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры, искусства, духовности и просветительства, СМИ и других социальных сфер .

Biografiya Akbar 1987-yil 13-noyabrda Toshkent shahrida Xamidjon Otamuhamedov ҳамда Yulduz Nasibaliyevalar oilasida yagona farzand bo‘lib dunyoga kelgan.

Akbarning musiqiy faoliyati 2001-yilda har yili o‘tkaziladigan ,,O‘zbekiston – Vatanim manim” vatanparvarlik qo‘shig‘i davlat tanlovida ,,Estrada qo‘shig‘i” nominatsiyasidagi g‘oliblik bilan boshlangan.

Atamuhamedov 2004-yilda birinchi ,,16-chi qo‘shiq” (,,16-chi qoʻshiq”) singli  hamda shu nomdagi videoklip bilan TV Markaz reytingida 2 oy davomida 1-oʻrinni egallagan va yana 2 oy davomida telekanal reytingida birinchi 3 talikka kirgan.

O‘sha yili Akbar bir qator musiqachilarni yig‘gan va guruh bilan faol ishtirok etadi, bir vaqtning oʻzida ,,TERRA” radiosida radioboshlovchi va ,,TV Markaz” telekanalida Eurochart boshlovchisi sifatida ishlagan .

Farrux Zokirov, Roza Rimbayeva, Mansur Tashmatov, Jenisbek Piyazov, Shirin Mamatova, Nilufar Usmonova, Manzura, Samandar Hamroqulov Love Story. Гость эфира Акбар Атамухамедов (23.10.2011) Проект Love Story. Гость эфира Акбар Атамухамедов (23.10.2011) kabi ijrochilar bilan duet kuylagan.

2005-2013-yillarda ,,Terra” radiosi bosh muharriri bo‘lgan.

2008-yilda uning guruhi Vladimir Baramikov (1970-1980-yillarda “Sado” oʻzbek vokal- ansambli guruhi rahbari) ruxsati bilan ,,SADO” nomi ostida ijod qilib, mashhur boʻlgan Творческая молодёжь стран СНГ встретилась в России.

2016-yilda Akbar O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Ommaviy bayramlar rejissyorligi fakultetini (Baxtiyor Sayfullaev kursi) tamomlagan. 2017-yilda “Madaniyatshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha doktoranturaga o‘qishga qabul qilingan va ayni paytda ilmiy faoliyatini davom ettirmoqdaHisobot majlisiВ Ташкенте обсудили роль эстрадного искусства в повышении духовности молодежи.

Akbar Hamidovich 2016-yilda ,,Toshkentim” musiqiy filmida ishtirok etganПосвящение столице.

Xonanda shuningdek, 2018-yildan buyon ,,Sevimli” telekanalinda ,,Sevimli kun” ko‘rsatuvini olib boradi.

Oilasi Xonanda 2008-yilda oila qurgan. Tushmur o‘rtog‘i Shahlo. Ularning bir nafar qiz farzandi bor .

Diskografiya

Yakkaxon

2004-yil - ,,16-chi qoʻshiq" (Single CD, PanTerra studio ) 2006-yil - ,,Nido" (singl CD, PanTerra studiyasi ) 2007-yil - ,,Esla" (CD-albomi, PanTerra studiyasi )

"SADO" doirasida

2010-yil - ,,Oʻzbek ayoli" ( CD-albom, PanTerra studio ) 2011-yil - ,,Chiroylisan" (CD-albomi, PanTerra studiyasi ) 2012-yil - ,,Suzane at Tower Bridge” (CD albomi, PanTerra studiyasi ) 2017 - ,,Senga savolim bor, sevgi” ( Compilation CD, OHANG Media )

Filmografiya

2004-yil - ,,Yangi yil perisi” / Yangi yil Parisi - kamo 2005-yil - ,,Ura, sumalak” / Voy dod, Sumalak - oʻgʻil 2008-yil - ,,Tavba” / Afsus - Davron

Mukofotlar va unvonlar

2016-yil ,,Shuhrat” medali bilan taqdirlangan .

,,Do‘stlik” ordeni 2022-yil

Manbalar

Turkum:Oʻzbek musiqachilari Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:13-noyabrda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar