Adriano Correia Claro () (1984-yil 26-oktyabrda tugʻilgan), oddiygina Adriano nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi. Soʻngi bora Belgiyaning Eupen klubida oʻynaganAmbidextrous talent adds to Barça versatility; FC Barcelona, 22 July 2010Adriano: el „relevo“ de Luis Enrique (Adriano: Luis Enriqueʼs „replacement“) ; FC Barcelona, 22 July 2010 .

Faoliyatini Coritiba jamosi bilan boshlaganidan soʻng, u 2005-yilda Ispaniyaga koʻchib oʻtgan va La Ligada bir necha mavsumni „Sevilya“ va „Barselona“ safida oʻtkazgan. Ikkala klub bilan bir nechta yirik chempionliklarni qoʻlga kiritgan.

Oʻn yil davomida Adriano oʻz mamlakatini ikkita Copa America turnirida himoya qilib, 2004-yilgi musobaqda gʻolib chiqgan.

Klubdagi faoliyati

Yoshlik yillari right|thumb|250x250px| Adriano (oʻrtada, № 21) 2012-yilda "Barselona" oʻrtada sifatida Parananing Kuritiba shahrida tugʻilgan Adriano oʻzining tugʻilgan shahri „Coritiba“ klubida professional faoliyatni boshlagan. 2005-yilning yanvarida u Ispaniyaning "Sevilya" klubiga toʻrt yarim yillik shartnoma asosida qoʻshilgan. La Ligadagi debyutini "Barselona" jamosiga qarshi oʻtkazgan.

Keyingi mavsumlarda Adriano „Sevilya“ bilan ketma-ket UEFA kuboklarida gʻalaba qozongan. Oxirgi kubok finalida u RCD Espanyolga qarshi penaltilar seriyasida gʻalaba toʻpini kiritgan2006/07: Sevilla defend their honour ; UEFA, 1 June 2007..

Mamlakatda uch yil yashagandan soʻng, Adrianoga Ispaniya fuqaroligi berilgan. U 2009—2010-yilgi mavsumda juda koʻp jarohat olgan, ammo baribir 27 ta oʻyinda (golsiz) maydonga tushgan.

Barselona 2010-yil 16-iyulda Adriano „Barselona“ bilan 9,5 million yevroga 4+1 koʻrinishida shartnoma imzolaganBarça and Sevilla agree Adriano deal; FC Barcelona, 16 July 2010. Unga 21-raqamli libos berilganAdriano signs four year deal; FC Barcelona, 17 July 2010. left|thumb|250x250px| Adriano (chapdan ikkinchi) vatandoshlari Rafinya, Dani Alves va Duglas bilan 2015-yilgi UEFA Superkubogi bilan suratga tushmoqda. Adriano oʻzining birinchi mavsumining katta qismini "Barsa"da zaxirada oʻtkazgan. 2011-yilning 2-fevralida, asosiy tarkibda Ispaniya kubogi doirasidagi UD Almeriyaga qarshi yarim final mehmonda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda (umumiy hisobda 8:0) kataloniyaliklar uchun birinchi golini kiritgan. Chap qanot himoyachisi Erik Abidalning kasalligi tufayli u mart oyidan boshlab asosiy tarkib oʻyinchiga aylangan.

2011—2012-yillarda Adriano yana Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoa uchun zaxira oʻyinchisiga aylangan. 2011-yil 15-dekabrda, 2011-yilgi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida u yarim finalda "Sadd Sports Club"ga qarshi oʻyinda (4:0) dastlabki ikkita golni urgan.

2013-yilning 28-mayida Adriano „Barselona“ bilan yangi shartnoma imzolagan. Bu shartnoma uni 2017-yilgacha klubda qolishiga sabab boʻlgan.

Adriano 2015—2016-yilgi mavsumdagi ilk golini 2015-yilning 24-noyabrida Neymarning penaltidan bergan zarbasi darvozabondan qaytgach raqib darvozasiga kiritgan.

Beşiktaş 2016-yilning 29-iyulida „Barselona“ safida 189 ta bellashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urgan Adriano Turkiyaning „Beşiktaş“ klubi bilan shartnoma imzolagan. U oʻzining birinchi mavsumida 31 oʻyinda bir marta gol urib, klubga 15-Super Liga chempionligini qoʻlga kiritishiga yordam bergan.

Atletico Paranaense Adriano 2019-yil 23-iyulda Braziliyaga qaytgan, 34 yoshli futbolchi bir yarim yillik shartnoma asosida "Atletico Paranaense"ga oʻtgan.

Eupen 2020-yil avgust oyida Adriano Belgiya birinchi divizioni A jamoasi Eupen bilan yangi shartnoma imzolagan. U 2020—2021-yilgi mavsum oxirida klubni tark etgan.

Xalqaro faoliyati Braziliyalik 20 yoshgacha boʻlgan yoshlarga 2003-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻalaba qozonishga yordam berganidan koʻp oʻtmay, Adriano terma jamoadan chaqiruv olgan. 2004-yilda u Peruda boʻlib oʻtgan Amerika Kubogida gʻolib chiqqan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +KlubMavsumLigaLiga KubogiKubokQitʼaBoshqaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSevilla2004—2005La Liga162—0041—2032005—2006323—00133—4562006—2007262—30111104132007—2008271—0060003312008—2009293—6151—4052009—2010270—4041—351Jami15711—1314371021419Barcelona2010—2011La Liga150—8160203112011—2012261—3070424032012—2013235—3160203462013—2014263—7150003842014—2015160—4270—2722015—201680—603120191Jami1149—31534110218917Beşiktaş2016—2017Süper Lig311—30101104522017—2018252—4060103622018—2019220—007000290Jami783—70231201104Athletico Paranaense2019Série A111—0000001112020004000200060Jami11140002000171Eupen2020—2021Belgiya Pro Ligasi240—20——260Karyerada jami3842540536102913255641

Xalqaro +Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollarMilliy terma jamoa YilOʻyin Gol Braziliya 2003-yil 5 0 2004-yil 1 0 2006-yil 2 0 2010-yil 1 0 2011-yil 4 0 2012-yil 3 0 2013-yil 1 0 Jami 17 0

Manbalar

Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Coritiba FC futbolchilari Turkum:CA Paranaense futbolchilari

Turkum:FC Barcelona futbolchilari

Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Copa América 2004 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2011 oʻyinchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar