Igor Anatolevich Pashkevich (; 1971-yil 1-iyul — 2016-yil 26-mart) — yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda qatnashgan figurali uchuvchi va murabbiy boʻlgan. 1990-yilda Sovet Ittifoqi vakili sifatida oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempioni va 1996-yilda Rossiya terma jamoasi aʼzosi sifatida Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. Igor Pashkevich 1994-yil Rossiya vakili sifatida Lillexammer Olimpiadasida va Ozarbayjon vakili sifatida 1998-yil Nagano Olimpiadasida ishtirok etgan.
Faoliyati Pashkevich konkida uchishni 1976-yilda boshlagan.
Sovet Ittifoqi va Rossiya vakili sifatida Faoliyatining boshida Pashkevich Sovet Ittifoqi uchun musobaqalashgan va 1990-yilda Kolorado shtatining Kolorado Springs shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin u Rossiyani himoya qilgan. Igor 1993-yilda Chexiya Respublikasining Praga shahrida boʻlib oʻtgan birinchi katta Xaqaro konkida uchish ittifoqi chempionatida 14-oʻrinni egallagan.
1994-yil fevral oyida Pashkevich Norvegiyaning Lillexammer shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida qatnashib, 15-oʻrindan joy olgan. Keyingi oyda u 1994-yilda Yaponiyaning Chiba shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 9-oʻrinni egallagan. 1995 — 1996-yillarda, yaʼni Rossiyadagi soʻnggi mavsumida u 1995 Finlandiya Trophy turnirida oltin, 1995 NHK Trophy turnirida esa kumush medal sohibi boʻlgan. 1996-yilgi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Ozarbayjon vakili sifatida Pashkevich 1996 — 1997-yilgi mavsumda Ozarbayjon vakili sifatida musobaqalarda qatnashisha boshlagan. 1997-yilgi Yevropa chempionatida yettinchi, 1997-yilgi Jahon chempionatida sakkizinchi oʻrinni egallagan. Keyingi mavsum, oʻzining soʻnggi 1997 Trophee Lalique musobaqasida bronza medalini va 1997-yil Millatlar kubogida kumush medalni qoʻlga kiritgan. U 1998-yilgi Yevropa chempionatidan ishtirok etgan, 1998-yili Yaponiyaning Nagano shahrida bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnashib 16-o‘rindan joy olgan. Unga Marina Kudriavtseva murabbiylik qilgan. Igor mavsum oxirida isteʼfoga chiqqan.
Dasturlari MavsumQisqa dasturErkin dastur1997 — 1998 (nomaʼlum) Piano Concert No. 1
Natijalari XalqaroMusobaqa88 — 8989 — 9090 — 9191 — 9292 — 9393 — 9294 — 9595 — 9696 — 9797 — 98Olimpiya15ㅤ16ㅤJahon chempionati14ㅤ9ㅤ8ㅤYevropa chempionati2ㅤ7ㅤWDFinlandia Trophy1ㅤGolden Spin3ㅤNebelhorn Trophy2ㅤ2ㅤPiruetten5ㅤSchäfer Memorial4ㅤ2ㅤSkate Electric7ㅤSkate Israel1ㅤXalqaro: OʻsmirlarJahon chemp.7ㅤ1ㅤXalqaroOzarbayjon chemp.1ㅤRossiya chemp.3ㅤ3ㅤ3ㅤSovet chemp.7ㅤ WD: Musobaqani tark etgan
Manbalar
Turkum:2016-yilda vafot etganlar Turkum:1971-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiyalik figurali uchuvchilar