Jens Jønsson (; 1993-yil 10-yanvarda Daniyada tugʻilgan) — daniyalik futbolchi, „AEK Athens“ futbol klubining himoyachisi va yarim himoyachisi. 2016-yilda Rio de Janeiroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.
Klublardagi faoliyati Jens Jønsson oʻz shahrining „Aarhus“ futbol klubi bitiruvchisi. 2011-yilda Jens Jønsson asosiy jamoaning tarkibiga kiritilgan. 4-dekabr kuni „Copenhagen“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Daniya Superligasida debyut qilgan. 2012-yil 10-dekabrda „Silkeborg“ futbol klubiga qarshi bahsda Jens Jønsson klub safida birinchi golini urgan.
2016-yilning yozida Jens Jønsson Turkiyaning „Konyaspor“ futbol klubiga oʻtib, uch yillik shartnoma imzolagan. „Antalyaspor“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Jens Jønsson Turkiya Superligasida debyut qilgan.
2020-yil 25-avgustda Jens Jønsson Ispaniyaning „Cádiz“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati 2015-yilda Daniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Jens Jønsson Chexiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda Jens Jønsson Serbiya, Germaniya va Shvetsiyaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2016-yilda Jens Jønsson Daniya olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio de Janeiroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Turnirda u Iroq, Janubiy Afrika, Braziliya va Nigeriya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2020-yil 3-noyabrda Jens Jønsson Daniyaning asosiy milliy terma jamoasiga ilk bor chaqirilgan.
Statistikasi Jamoa MavsumLigaMilliy kubokXalqaro kubokJamiOʻyin GolOʻyin GolOʻyin GolOʻyin GolAarhus GF2011—20125010—602012—201315110001612013—201421130—2412014—201531030—3402015—201631050—3602016—201740——40Jami1072130001202Konyaspor2016—201724170403512017—201821050403002018—201922400—2242019—202032100—321Jami996120801196Cádiz C. F.2020—202135020—3702021—202222020—240Jami5704000610AEK Athens F. C.2022—20230000—00Jami00000000Umumiy faoliyatida2638290803008
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar