Joshua Ho-Sang () (1996-yil 22-yanvarda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkey hujumchisi. Joshua Ho-Sang hozirda Kontinental xokkey ligasining (KHL) „Salavat Yulaev Ufa“ xokkey jamoasida oʻynamoqda.
Oʻyin faoliyati Joshua Ho-Sang „Windsor Spitfires“ xokkey klubi safiga 2012-yilgi Ontario xokkey ligasi (OHL) ustuvor tanlovining birinchi bosqichda 5-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
„Spitfires“ klubi bilan birinchi mavsumida Ho-Sang 63 oʻyinda 44 ochko toʻpladi va OHL yangi oʻyinchilari orasida oltinchi oʻrinni egalladi. 2012-yil dekabr oyida Joshua Ho-Sang 17 yoshgacha boʻlgan xokkeychilar oʻrtasidagi „World U-17 Hockey Challenge“ musobaqasida Ontario jamoasida oʻynadiJack Borenstein (February 26, 2013). „Joshua takes hockey development in his stride“. The Jewish Tribune. Archived from the original on January 24, 2015.. Ushbu musobaqada Joshua Ho-Sang beshta oʻyinda uchta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
2014-yil 5 aprel kuni Ho-Sang „London Knights“ xokkey klubi himoyachisi Zach Bellga tayogʻi bilan zarba bergani uchun keyingi mavsum boshlanishidagi 15 ta oʻyinga diskvalifikatsiya (keyinchalik olti oʻyinga qisqartirildi) qilindi. Bu zarba Bellning oyogʻi sinishiga sabab boʻldi.
Joshua Ho-Sang „New York Islanders“ xokkey klubi safiga 2014-yilgi NHL kirish loyihasining birinchi bosqichda umumiy 28-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi. 2014-yilning oktyabr oyida Ho-Sang „New York Islanders“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi.
Ho-Sang 2014—2015-yilgi mavsumda „Spitfires“ klubi safida harakat qildi. 14-noyabr kuni Joshua Ho-Sang „Niagara IceDogs“ xokkey jamoasiga Hayden McCol evaziga almashtirildi. Joshua Ho-Sang mavsumni klub safida 60 ta o‘yinda maydonga tushib, 81 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi.
Keyinchalik, 2020-yil 28-oktyabrda Joshua Ho-Sang „New York Islanders“ xokkey klubi bilan bir yillik yangi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Joshua Ho-Sang klub tomonidan Shvetsiyaning yuqori toifali klubi, Shvetsiya xokkey ligasining „Örebro HK“ klubiga ijaraga berildi. Ho-Sang „Örebro HC“ klubida bilan bor-yoʻgʻi 5 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2021-yil 10-fevralda Joshua Ho-Sang klubni tark etdi. 2021-yil 14-fevral kuni Joshua Ho-Sang „Linköping HC“ klubi bilan mavsumning qolgan qismi uchun ijara shartnomasiga rozi boʻldi. 2021-yil 28-iyulda Ho-Sang professional sinov shartnomasi (PTO) asosida „Toronto Maple Leafs“ klubining 2021—2022-yilgi oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga taklif qilindi. 2021-yil 5-oktyabrda Ho-Sang AHLning „Toronto Marlies“ klubi bilan standart oʻyinchi shartnomasini imzoladi.
2022-yil 13-iyulda Ho-Sang Rossiyaning KHL klubi "Salavat Yulaev Ufa" xokkey jamoasi bilan 2022—2023-yilgi mavsum uchun bir yillik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2012—2013Windsor SpitfiresOHL6314304422—————2013—2014Windsor SpitfiresOHL67325385444123102014—2015Windsor SpitfiresOHL11316198—————2014—2015Niagara IceDogsOHL49144862381111516182015—2016Niagara IceDogsOHL6619638244176202682016—2017Bridgeport Sound TigersAHL5010263624—————2016—2017New York IslandersNHL21461012—————2017—2018New York IslandersNHL22210122—————2017—2018Bridgeport Sound TigersAHL508233140—————2018—2019Bridgeport Sound TigersAHL568354318511202018—2019New York IslandersNHL101126—————2019—2020Bridgeport Sound TigersAHL1637100—————2019—2020San Antonio RampageAHL61232—————2020—2021Örebro HKSHL50112—————2020—2021Linköping HCSHL42024—————2021—2022Toronto MarliesAHL4716193524—————NHL jami537172420—————SHL jami92136—————
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Qora tanli kanadalik xokkeychilar Turkum:Kanada xokkeychilari