left|thumb|250x250px| Oguchi shahar hokimiyati Yaponiyadagi Aichi prefekturasining Niva tumanida joylashgan shaharchadir. 2019-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, shahardagi 9547 ta xonadonda 24160 nafar aholi istiqomat qiladi, aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 1775 nafarni tashkil etadiŌguchi Town official statistics . Shaharning umumiy maydoni 13,61 kvadrat kilometr (5,25 mi²) ga teng.
Geografiyasi Ōguchi Aichi prefekturasining eng shimoli-sharqiy qismida, Nobi tekisligining oʻrtasida joylashgan. Shahardan Gojo daryosi oqib oʻtadi. thumb|left|Ōguchi aholisining koʻpayish darajasi Qoʻshni munitsipalitetlar
Aichi prefekturasi Inuyama Kōnan Komaki Fusō
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraŌguchi population statistics, Ōguchi aholisi soni soʻnggi 50 yil ichida barqaror ravishda koʻpaygan.
Iqlimi Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish (Köppen iqlim tasnifi Cfa) bilan ajralib turadigan iqlimga ega. Ōguchida oʻrtacha yillik harorat 15,6 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1819 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 28,0 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 4,1 °C atrofida boʻladiŌguchi climate data.
Tarixi Kashivamori, Ōta, Ōguchi va Tominari qishloqlari 1889-yilda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan Niva tumanida tashkil etilgan. 1906-yil 1-oktyabrda Ōta, Ōguchi va Tominari shuningdek Kashivamorining bir qismi Ōguchi qishlogʻini tashkil etish uchun birlashtirildi. 1962-yilda u shaharcha maqomiga koʻtarildi.
Iqtisodiyoti Okuma korporatsiyasi va Yamazaki Mazak korporatsiyasi, ikkita global mashinasozlik kompaniyasining shtab-kvartirasi shaharda joylashgan, shuningdek, global avtomobil komponentlarini yetkazib beruvchi Tokai Rika korxonasi ham shu yerda faoliyat yuritadi"Corporate Profile." Okuma Corporation. Retrieved on March 26, 2015."About Mazak — Company Outline." Yamazaki Mazak Corporation. Retrieved on March 29, 2015."." Tokai Rika. Retrieved on October 05, 2019..
Taʼlim tizimi Ōguchida uchta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi hamda, Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi.
Transport tizimi
Temir yoʻl Ōguchi aholisiga yoʻlovchi temir yoʻl transporti xizmat koʻrsatmaydi. Eng yaqin poezd stansiyasi — qoʻshni Fusō shahridagi Meitetsu Inuyama liniyasidagi Kashivamori stansiyasi hisoblanadi.
Magistral yoʻl
Milliy yoʻnalish 41 Milliy yoʻnalish 155
Qardosh shahar munosabatlari
— Matsue, Shimane, Yaponiya 2015-yil 29-avgustdan buyon
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Ōguchi qal’asi Galereya
Manbalar
Havolalar
Turkum:Aichi prefekturasidagi shaharchalar Turkum:Ōguchi (Aichi)