Jeffri Dennis Talan (1971-yil 29-sentyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Almere City jamoasining yordamchi murabbiyi. Gollandiya terma jamoasi safida 8ta o‘yin o‘tkazib, bir marta gol urgan.

Klublardagi faoliyati

Den Haag Talan ilk faoliyatini VV Katwijk safida boshlagan. Keyini FC Den Haagga oʻtgan. 1990—1991-yilgi mavsumda FC Volendamga qarshi oʻyinda Emiel van Eijkerenning oʻrniga zaxiradan maydonga tushib Erediviziyada debyuti qildi. Birinchi professional golini 1991-yil 22-sentyabrda Groningenga qarshi o‘yinda (2:2) kiritgan.

Heerenveen Uch mavsum davomida ADO bilan oʻynaganidan soʻng, Talan 1995-yilning yozida Erediviziya klubi SC Heerenveen bilan shartnoma imzoladi. 1995-yilning 15-iyulida UEFA Intertoto kubogi doirasida Vengriyaning Békéscsaba klubiga qarshi oʻyinning 74-daqiqasida Johan Hansmaning oʻrniga zaxiradan maydonga tushib debyut qildi. Klubdagi ilk golini 4-oktyabr kuni NECqarshi oʻyinda (3:1) kiritdi. 1996-yilning 6-aprelida Utrechtga qarshi o‘yinda (4:2) o‘zining ilk xet-trikini qayd etdi.

Xalqaro faoliyati 1998-yil 10-oktabrda Talan Niderlandiya terma jamoasida Peruga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga yangi bosh murabbiy Frank Rijkaard tomonidan ilk chaqiruvini oldi. Gollandiya va Belgiya mezbonlik qilgan UEFA Yevro-2000 musobaqasi arafasida terma jamoa safida 5 ta oʻyinda maydonga tushdi. Murobaqada Talan tizzasidan jiddiy jarohat olib, safdan chiqdi. Turnirdan soʻng, yangi bosh murabbiy Louia van Gaal Talanni 2002-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichidagi uchta oʻyinga chaqirdi.

Murabbiylik faoliyati Talan 2010-yilda SC Heerenveen jamoasida yoshlar murabbiyi, 2016-yilda esa klubning yoshlar akademiyasi rahbari boʻldi. 2019—2020-yilgi mavsumdan boshlab asosiy jamoada yordamchi murabbiy boʻlib ishlay boshladi. 2021-yilning iyunida, shartnomasi muddati tugaganidan keyin klubni tark etdi.

2022-yil 27-iyunda Almere City Talanni klubning yordamchi murabbiy etib tayinladi.

Shaxsiy hayoti Akasi Rick Talan 1981-yilda AZ '67 bilan Erediviziya chempionligini qoʻlga kiritgan. 2015-yil sentyabr oyida 54 yoshida miya shishi tufayli vafot etgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarDen Haag1990—1991Erediviziya5000—501991—1992Erediviziya13100—1311992—1993Eerste Diviziya30500—3051993—1994Eerste Diviziya23300—2331994—1995Eerste Diviziya19600—196Jami901500—9015Heerenveen1995—1996Erediviziya26900403091996—1997Erediviziya23411412861997—1998Erediviziya10220421641998—1999Erediviziya31810313591999-2000Erediviziya24900402892000—2001Erediviziya32710613982001—2002Erediviziya19200412332002—2003Erediviziya20000020Jami167415029620147Jami faoliyati257565029629162

Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Niderlandiya 1998 3 0 2000 5 1 Jami 8 1 +Jeffrey Talan tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2-sentyabr, 2000-yil Amsterdam Arena, Amsterdam, Niderlandiya 1—2 2—2 2002-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi

Manbalar

Izohlar

Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1971-yilda tugʻilganlar