Penny Coomes (talaffuzi: Penni Kums; 1989-yil 6 aprelda-tugʻilgan) — Buyuk Britaniya vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan sobiq ingliz muz raqqosasi. Sherigi Nicholas Buckland bilan birga 2014-yilda figurali uchish boʻyicha Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori va yana oltita xalqaro medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, juftlik besh karra Britaniyaning milliy chempioni (2012, 2013, 2014, 2016 va 2018) va 2010, 2014 hamda 2018-yillarda Qishki Olimpiya oʻyinlarida uch marta ishtirok etgan.
Faoliyati Coomes sakkiz yoshligida onasi uni Slough Ice Arena muz maydonida konkida uchish bilan tanishtirgan.
Mavsumlar: 2005 — 06 - 2009 — 10 Coomes 2005-yilda Nicholas Buckland bilan juftlik hosil qilgan. Coomes bilan Nottingemda joylashgan „National Ice Centre“ muz marzakida uchrashib qolgan edi. Coomes 2007 — 2008-yilgi mavsumda boʻlib oʻtgan Britaniya chempionatida ishtirok etayotib, boshqa konkida uchuvchi bilan toʻqnashib ketgan va oyogʻini sindirib olgan. Coomes oyogʻidan jarohat olganiga qaramay, Buckland bilan birga Oʻsmirlar oʻrtasidagi Milliy chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Coomes / Buckland juftligi 2008 Finlandia Trophy musobaqasida 9-oʻrindan joy olib, oʻzining katta xalqaro debyutini oʻtkazgan. Juftlikning mavsumi Coomes muz ustida yiqilib, boshidan jarohat olganidan keyin yakunlangan. 2009 — 2010-yilgi mavsumda juftlik Avstriyaning Grats shahrida boʻlib oʻtgan Ice Challenge musobaqasida 9-oʻrinni, Ondrej Nepala xotirasiga bagʻishlangan 2009 Ondrej Nepela Memorial turnirida esa 4-oʻrinni egallagan. Juftlik Britaniya chempionatida qatnashib, kumush medalni qoʻlga kiritgan, keyin esa 2009 Golden Spin of Zagreb (Zagrebning oltin konkisi) musobaqasida bronza medali sohibiga aylangan.
Coomes / Buckland juftligi Nottingemda joylashgan „National Ice Centre“ muz marzakida 2009-yilning dekabrigacha murabbiy Yevgeniy Platov bilan mashgʻulot oʻtkazish uchun New Jerseyga koʻchib oʻtguniga qadar uning qoʻl ostida musobaqalarga tayyorgarlik koʻrgan. Sinead Kerr / John Kerr juftligi bilan bir qatorda Coomes / Buckland juftligi Vancouverda boʻlib oʻtadigan 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida Buyuk Britaniya vakili sifatida ishtirok etishgan. Buckland 2010-yil 13-fevralda taxikardiya alomatlarini boshdan kechira boshlagan. Coomes va Buckland Olimpiadada ishtirok etib, 20-o‘rindan joy olgan.
Dasturlari (Buckland bilan) MavsumQisqa dasturErkin dastur2017 — 2018 Rumba d’Amour Batucada Exogenesis: Symphony, Part 1 Butterflies and Hurricanes
Battle Remembered va The Silk Road Ensemble2016 — 2017 Battle Remembered 2015 — 2016 My Sweet and Tender Beast The Bartered Bride Exogenesis: Symphony, Part 1 Butterflies and Hurricanes
Natijalari GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Buckland bilan XalqaroMusobaqa06 — 0707 — 0808 — 0909 — 1010 — 1111 — 1212 — 1313 — 1414 — 1515 — 1616 — 1717 — 18Olimpiada201011Jahon chempionati1614139WD7WDYevropa chempionati1614653WD67 Cup of China4 NHK Trophy8655WD7 Rostelecom73 Skate America8Bavarian Open11Cup of Nice311Finlandia Trophy9Golden SpinWD32Ice Challenge9Nepela Memorial441NRW Trophy1Toruń Cup1U. S. Classic5Universiada15Xalqaro: Oʻsmirlar Germaniya13 Birlashgan Qirollik10MilliyBritaniya chempionati5 J2 J1 J2WD11111 J = Oʻsmirlar; WD = musobaqani tark etgan
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar