Jamil Sidqiy az-Zahaviy (, Bagʻdod, 18-iyun 1863-yil, zamonaviy Iroq 1936-yil 24-fevral) taniqli Iroq shoiri, pedagogi, faylasufi. Arab dunyosidagi eng buyuk zamonaviy shoirlardan biri hisoblangan u ayollar huquqlari himoyachisi sifatida tanilgan. Hayoti Az-Zahaviy Bagʻdodda tugʻilgan. Uning otasi Iroq Kurdistonidan bo‘lib, Bag‘dod muftiysi bo‘lib ishlagan. Onasi Turmanistonlik boʻlgan. Az-Zahaviy Bagʻdod, Istanbul, Qohira va Quddusda yashab ijod qilgan.

Usmonlilar hukmronligi davrida u Bagʻdod taʼlim kengashining aʼzosi boʻlib faoliyat yuritgan, u yerda ayollarning taʼlim olish huquqini himoya qilgan. Bagʻdoddagi yagona gazeta muharriri, Yaman va Istanbul Oliy sudining aʼzosi, Qirollik universitetida islom falsafasi professori va Istanbuldagi sanʼat kollejida adabiyot professori lavozimlarida ishlagan. U arab dunyosidagi yetakchi yozuvchilardan biri edi. Bayrut, Qohira va Bag‘doddagi yirik gazeta va jurnallarda u va asarlari haqida maqolalar chop etilgan. Bahoiy taʼlimoti taʼsirida 1896-yildan boshlab Misr davriy nashrlarida oʻzi ixtiro qilgan „barcha xalqlar uchun universal“ yozuvni tarqatish kompaniyasini boshqargan.

1921-yilda Iroq mustaqillikka erishgach, 2 marta mamlakat parlamenti va 1 marta yuqori palata deputati lavozimiga saylangan.

Ijodi

 — „Qachongacha beparvo boʻlib qolasiz?“ (1898-yil) Sulton Abdul-Hamid II ga risola-murojaati, unda uni despotizmda ayblagan; „Ming yildan keyin“ („Bada alf sanatin“) — sheʼrida az-Zahaviy barcha xalqlarning dunyoviy birligi, ijtimoiy totuvlik tantanasi gʻoyalarini ifodalagan. (1927-yil) „Do‘zaxdagi inqilob“ („as-Saurat fi-l-jahim“) — mavjud dunyo tartibining bemaʼniligini ko‘rsatuvchi fantastik sheʼr. (1929-yil) „Oltin marjonlar“ (1928-yil), „Suv tomchilari“ (1934-yil) sheʼriy to‘plamlari.

Manbalar

Zaxavi / Chukov, B. V. // Jeleznoe derevo — Izluchenie. — M. : Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya, 2008. — S. 294. — (Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya : [v 35 t.] / gl. red. Yu. S. Osipov ; 2004—2017, t. 10). — ISBN 978-5-85270-341-5. Turkum:Iroqlik shoirlar