Rachel Marie Parsons (talaffuzi: Reychel Mari Parsons; 1997-yil 19-noyabrda tugʻilgan) — Amerika vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosasi. Akasi va sportdagi sherigi Michael Parsons bilan birga 2018 NHK Trophy musobaqasining bronza medali sovrindori va Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Challenger seriyasining toʻrt karra kumush medali sohibi(2018 CS Asian Open, 2018 CS Nebelhorn Trophy, 2018 CS Lombardia Trophy, 2017 CSlamory Ondremor) boʻlgan. Parsonslar juftligi faoliyati davomida 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida, 2016-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida va 2017-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Juftlik2012-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarida 4-oʻrindan joy olgan.

Faoliyati Rachel 2010-yil fevral oyida katta akasi Michael bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik 2011-yilgi AQSh chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan va 2011-yil sentyabr oyida Polshaning Gdansk shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri musobaqasida 9-oʻrinni egallab, ushbu turnirda debyut qilgan. 2012-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi AQSh chempionatida qalay medalini qoʻlga kiritgandan soʻng, juftlik Amerika Qoʻshma Shtatlar vakili sifatida 2012-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Qishki Olimpiya oʻyinlarida 4-oʻrinni egallagan. Shuningdek, juftlik 2012-yilda Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 15-o‘rindan joy olgan.

2013 — 2014-yilgi mavsum Parsonslar juftligi Slovakiyaning Košice va Chexiya Respublikasining Ostrava shaharlarida boʻlib oʻtgan 2013 — 2014-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular Yaponiyaning Fukuoka shahrida bo‘lib o‘tadigan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida oltinchi o‘rinni egallagan. Ushbu juftlik 2014-yilgi AQSh chempionatida o‘smirlar o‘rtasida bronza medali sohibi boʻlgan va 2014-yilda Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tkazilgan O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 8-o‘rinni egallagan holda mavsumni yakunlagan.

Dasturlari (Michael Parsons bilan) MavsumQisqa raqsErkin raqs2018 — 2019 Vuelvo al Sur Tango Cha To Build a Home2017 — 2018 Mambo Molly Everybody’s Got To Learn Sometime Congo Crazed Ghost Dances La Partida Sikuriadas Quiaquenpita2016 — 2017 A Little Party Never Killed Nobody Born to Die Singing in the Rain 2015 — 2016 Cinderellaʼs Departure for the Ball La Malamada Palabras y Vientoby

Natijalari (Michael Parsons bilan)

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri XalqaroMusobaqa10 — 1111 — 1212 — 1313 — 1414 — 1515 — 1616 — 1717 — 1818 — 19Toʻrt qitʼa6 Fransiya5 NHK Trophy3 Rostelecom7 Skate America9 Asian Open2 Golden Spin8 Lombardia2 Nebelhorn2 Ondrej Nepela2Lake Placid IDI22Xalqaro: OʻsmirlarJahon chempionati158421Yevropa chempionati4 Final631 Czech Rep.2Lake Placid IDI1 J1 JToruń Cup2 JMilliyAQSh chempionati1 N4 J3 J2 J2 J1 J56N = yangi konkida uchuvchi; J = oʻsmirlar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Figurali uchuvchilar Turkum:AQShlik figurali uchuvchilar