Yaponiyaning Aichi prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, shahardagi 30185 ta xonadonda 69525 nafar aholi istiqomat qiladi, aholi zichligi — har kvadrat kilometrga 2994 nafarni tashkil etadiToyoake City official statistics . Shaharning umumiy maydoni 23,22 kvadrat kilometr (8,97 milya) ga teng.
Geografiyasi left|thumb|200x200px|Toyoake shahrining silueti Toyoake markaziy Aichi prefekturasining qirgʻoq tekisligida joylashgan boʻlib, Nagoya metropolisi bilan chegaradosh hisoblanadi.
Iqlimi Shahar issiq va nam yoz hamda nisbatan yumshoq qish bilan tavsiflangan iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Toyoakeda oʻrtacha yillik harorat 15,6 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1586 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,9 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 4,3 °C atrofida boʻladiToyoake climate data.
Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraToyoake population statistics, Toyoake aholisi soni 1970-yillarda kuchli darajada oʻsgan va hozir ham oʻsishda davom etmoqda.
Atrofdagi munitsipalitetlar
Aichi prefekturasi
Togo Kariya Ōbu Nagoya (Midori-ku)
Tarixi
Oʻrta davrlar Zamonaviy Toyoake hududi Ovari viloyatining bir qismi boʻlgan va Sengoku davrida koʻplab janglar shu hududda boʻlib oʻtgan. Ulardan biri Okehazama jangidir.
Ilk zamonaviy davri U Edo davrida Tokugava syogunati davrida Ovari domenining bir qismi boʻlgan.
Keyingi zamonaviy davri 1888-yilda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan Aichi tumanida Toyoake qishlogʻi tashkil etildi.
Zamonaviy tarixi Toyoake 1951-yil 1-yanvarda shaharchaga aylandi. 1982-yil 1-avgustda shahar maqomiga koʻtarildi.
Hukumat thumb|200x200px| Hokimiyat Toyoake toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer hamda 20 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi bilan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Aichi prefekturasi assambleyasiga bir aʼzoni qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Aichi tumani tarkibiga kiradi.
Tashqi aloqalar
Qardosh shaharlar — qardosh shaharlar
Xalqaro
Doʻstlik shahri
Shepparton(Victoria, Avstraliya) 22-oktyabr, 2003-yil
Milliy
Doʻstlik shahri
Toyone(Aichi prefekturasi, Chūbu viloyati) 3-noyabr 1977-yil Agematsu(Nagano prefekturasi, Chūbu viloyati) 12-noyabr 2002-yil
Iqtisodiyoti Nagoya metropol shahriga yaqinligi tufayli Toyoake asosan yengil ishlab chiqarish sanoati va mahsulotlarni tarqatish bilan shugʻullanadigan yotoqxona jamoasiga aylamib bormoqda.
Taʼlim tizimi thumb|200x200px| Fujita sogʻliqni saqlash universitetining kasalxonasi
Universitetlar
Fujita sogʻliqni saqlash universiteti Ohkagakuen universiteti
Kollejlar
Nagoya kolleji
Boshlangʻich va oʻrta maktablar Toyoake shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻqqizta davlat boshlangʻich maktabi va uchta davlat oʻrta maktabi hamda Aichi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi. Shuningdek, bitta xususiy yuqori maktab va bitta xususiy oʻrta maktab ham mavjud. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi bunyod etilgan.
Xalqaro maktablar Shimoliy Koreya:
Aichi Koreya oʻrta va yuqori maktabi
Transport thumb|200x200px| Zengo stansiyasi
Temir yoʻllar
Anʼanaviy yoʻllar
20x20px Meitetsu
Nagoya magistral liniyasi : — Zengo — Toyoake -
Yoʻllar
Tezkor yoʻllar
link=|alt=E1A|24x24px Isevangan tezkor yoʻli — Toyoake almashinuvi
Yaponiya milliy marshruti
Milliy yoʻnalish 1
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
Joylar
Ano Ichirizuka, eski Tōkaidōdagi muhim bosqich belgilari, Milliy tarixiy maskan Kutsukake qal’a xarobalari (沓掛城址) Okezazama jang maydoni, Milliy tarixiy maskan Chukyo poyga yoʻli (中京競馬場)
Madaniyati thumb|200x200px| Monami Gentsuki va uning doʻstari
Maskotlar
Monami Gentsuki Nobunaga-kun va Yoshimoto-kun
Voqealar
Aprel
Iyun
Avgust
Noyabr
Galereya
Toyoake shahridan chiqqan taniqli odamlar
Kimiyasu Kudoh, professional beysbolchi
Manbalar
Havolalar
(with link to pages in English)
Turkum:Aichi prefekturasidagi shaharlar Turkum:Toyoake (Aichi) Turkum:Yaponiya shaharlari Turkum:Yaponiya geografiyasi Turkum:Yaponiya geografiyasiga oid chala maqolalar Turkum:Chala maqolalar Turkum:Chala boʻlimli maqolalar