Chelsea Liu (talaffuzi: Chelsi Liu; 1999-yil 31-dekabrda tugʻilgan) — Amerika va Xitoy vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan muz raqqosasi. Hozirda AQSh vakili sifatida Daniel OʻShea bilan juftlikda konkida uchmoqda. Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Brian Johnson bilan birga Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan otkazilgan Challenger musobaqalarida ishtirok etib, ikkita medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ular bir marta ISU Oʻsmirlar Gran-pri finalida va ikki marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida birga ishtirok etishgan.
Faoliyati Liu konkida uchishni 2006-yilda boshlagan U 2010-yil iyul oyida Devin Perini bilan juftlik hosil qilgan. Juftlik 2013-yilda Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan otkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri (JGP) seriyasida debyut qilishgan va 2014-yilgi AQSh chempionatida o‘smirlar o‘rtasida kumush medalni qo‘lga kiritishdan oldin Gran-pining ikkala bosqichda qatnashib, beshinchi o‘rinni egallagan.
Johnson bilan Liu 2014-yilning may oyida Brian Johnson bilan juftlik hosil qilgan Ularga Kaliforniyaning Orinj okrugida Todd Sand va Jenni Meno murabbiylik qilgan.
Liu / Johnson juftligi 2014 — 2015 -yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida ishtirok etgan. Germaniyada va Drezden shahrida boʻlib oʻtgan Gran-pri bosqichida bronza medalini qoʻlga kiritgan va Xorvatiyaning Zagreb shahridagi turnirda toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlikning natijalari ularga Ispaniyaning Barselona shahrida boʻlib oʻtgan 2014 — 2015-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida ishtirok etish huquqini bergan va bu juftlik finalda oltinchi oʻrinni egallagan. 2015-yilgi AQSh chempionatida oʻsmirlar oʻrtasidagi kumush medalni qoʻlga kiritgach, juftlik 2015-yilda Estoniyaning Tallin shahrida boʻlib oʻtadigan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashish uchun yoʻllanma olgan. Bu juftlik chempionatning qisqa dastur namoyishi bo‘yicha 5-o‘rin, erkin dasturda esa 8-o‘rinni egallab, umumiy hisobda 7-o‘rindan joy olgan.
Dasturlari
Johnson bilan MavsumQisqa raqsErkin raqs2017 — 2018 Still Got the Blues Act III: Adagio of Spartacus and Phrygia 2016 — 2017 The Way You Make Me Feel Black or White Beauty and the Beast 2015 — 2016 Tango de los Exilados Beauty and the Beast 2014 — 2015 Mary Poppins Yellow River Concerto: Prelude
Natijalari GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Johnson bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari vakili sifatida Xalqaro Musobaqa 14 — 15 15 — 16 16 — 17 17 — 18 US Classic 3 Warsaw Cup 2 6 Xalqaro: Oʻsmirlar Jahon chempionati 7 5 7 finali 6 Avstriya 8 Xorvatiya 4 Chexiya Respublikasi 3 Germaniya 3 Polsha 5 Milliy AQSh chempionati 2-J 6 7 Darajalar: J = Oʻsmirlar
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1999-yilda tugʻilganlar