Caitlin Yankowskas (talaffuzi: Keytlin Yankovskas; 1990-yil 6-mayda tugʻilgan) — amerikalik sobiq figurali uchuvchi. 2007-yildan 2011-yilgacha John Coughlin bilan juftlikda Amerika Qoʻshma Shtatlari vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan. Juftlik 2010 Cup of China musobaqasining bronza medali sovrindori boʻlgan va 2011-yilgi AQSh milliy chempionatining gʻoliblari hisoblanadi. Yankowskas sherigi Hamish Gaman bilan birga Buyuk Britaniya vakili sifatida konkida uchgan. Ular 2015-yilgi Challenge Cup turnirining kumush medali sohiblari va 2015-yili Britaniyaning milliy chempioni boʻlgan.

Faoliyati

Coughlin bilan Yankowskas 2007-yil iyun oyida Colorado shtatining Colorado Springs shahrida oʻzining yangi murabbiyi Dalilah Sappenfild qoʻl ostida musobaqalarda qatnashish uchun tayyorgarlik koʻrgan. Sappenfild John Coughlinni sherik sifatida Yankowskasga taklif qilgan va ular 2007-yil avgust oyining boshida juftlik hosil qilishgan. Juftlik 2008-yilgi AQSh chempionatida 6-oʻrinni egallagan va Gran-pri doirasidagi 2008 Skate America musobaqasida oʻzining debyutini amalga oshirgan.

2010 — 2011-yilgi mavsumda juftlikning „Ave Maria“ dastur namoyishi 2010-yilning fevralida vafot etgan Coughlinning onasi sharafiga bagʻishlangan edi. Juftlik 2010-yilda NHK Trophy musobaqasida ishtirok etib, 4-oʻrinni egallagan va Cup of Chinese turnirida birinchi Gran-pri medali - bronzani qoʻlga kiritgan. 2011 U. S. Nationals musobaqasida juftlik qisqa dastur namoyishi uchun birinchi oʻrinni egallab, oʻzlarining birinchi milliy unvonini qoʻlga kiritish uchun erkin dastur namoyishida ham gʻolib chiqqanlar.

Yankowskas va Coughlin juftligi 2011-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan oʻzlarining Jahon chempionati debyutida oltinchi oʻrinni egallagan; bu natija 2006-yildan beri amerikalik juftlikning eng yaxshi natijasi boʻlgan. Musobaqadan soʻng Coughlin Yankowskasga u bilan juftlik faoliyatini toʻxtatish istagini bildirgan. 4-may kuni juftlik hamkorligini tugatganini eʼlon qilgan.

Dasturlari

Coughlin bilan MavsumQisqa dasturErkin dastur2010 — 2011 Oblivion Ave Maria 2009 — 2010 Sonata for Piano No. 16 Pearl Harbor 2008 — 2009 The Swan Bram Stoker’s Dracula 2007 — 2008 The Swan Bram Stoker’s Dracula

Natijalari GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Amerika Qoʻshma Shtatlar vakili sifatida Coughlin bilan juftlikda Xalqaro Musobaqa 2007 — 08 2008 — 09 2009 — 10 2010 — 11 Jahon chempionati 6 Toʻrt qitʼa 4 4 Cup of China 3 GP NHK Trophy 4 Skate America 6 Skate Canada 7 Ice Challenge 1 Nebelhorn Trophy 6 Milliy AQSh chempionati 6 7 6 1 Midwestern Sections 1 1

Manbalar

Turkum:AQShlik figurali uchuvchilar Turkum:Yashayotgan insonlar