Ervin Zukanović (; 1987-yil 11-fevralda tugʻilgan) — Bosniyalik professional futbolchi, Gretsiya Superligasining Asteras Tripolis klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

Ilk faoliyati Zukanović „Jeljezničar“ klubida 2005-yilda 18 yoshida professional debyut qilgan. Jamoani tark etgach, SC Austria Lustenau, Sulzberg va Uerdingen kabi quyi liga klublarida oʻynadi.

2009-yilning yanvarida Belgiyaning Dender jamoasiga oʻtdi. 7-mart kuni Genk darvozasiga birinchi professional golini kiritdi.

2010-yil iyul oyida Eupenga, 2011-yil iyun oyida Kortrijkga, 2012-yil dekabr oyida Gentga oʻtdi. Chievo 2014-yilning iyunida Zukanović Italiyaning ChievoVerona jamoasiga bir mavsumga ijaraga berildi. Klubdagi rasmiy debyutini 24-sentyabr kuni Sampdoriaga qarshi oʻtkazdi. 26-oktyabr kuni „ChievoVerona“ safidagi ilk golini Genoa darvozasiga kiritdi.

Sampdoria Iyul oyida Zukanović „Sampdoria“ga 2 million yevro evaziga transfer qilindi. 30-iyul kuni Vojvodinaga qarshi UEFA Yevropa ligasi saralash oʻyinida jamoa safida debyut qildi. Bir oy oʻtgach, Napoliga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi. 25-oktabr kuni „Sampdoria“ safidagi ilk golini Hellas Veronaga kiritdi.

Roma 2016-yilning yanvarida Zukanović Romaga 6 oylik ijaraga 1,5 million yevroga evaziga oʻtdi, sotib olish opsiyasi esa 2,5 million yevro qilib belgilandi. 30-yanvar kuni Frosinonega qarshi oʻyinda jamoa safida rasman debyut qildi. Bir oy oʻtgach, „Roma“ bilan 2019-yil iyunigacha amal qiladigan shartnoma imzoladi. 8-mart kuni Zukanović UEFA Chempionlar ligasida safarda Real Madridga qarshi oʻyinda debyut qildi.

Iyul oyida Atalantaga mavsumiy ijaraga yuborildi.

Genoa 2017-yilning iyul oyida Zukanović „Genoa“ga ijaraga berildi. 17-sentyabr kuni Lazioga qarshi oʻyinda debyut qildi.

2018-yilning iyunida „Genoa“ bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyatining keyingi bosqichi 2019-yil avgust oyida Zukanović Saudiya Arabistonining Al Ahli jamoasiga o‘tdi.

2020-yil yanvar oyida SPAL bilan shartnoma imzoladi.

Avgust oyida Turkiyaning Fatih Karagümrük jamoasiga oʻtdi.

2022-yilning avgustida Gretsiyaning Asteras Tripolis jamoasiga oʻtdi.

Xalqaro faoliyati 2012-yil oktyabr oyida Zukanović Bosniya va Gersegovinaga birinchi chaqiruvini 2014-yilgi Jahon chempionati saralashida Gretsiya va Litvaga qarshi o‘yin uchun oldi. 16-oktyabr kuni Gretsiyaga qarshi debyut qildi.

Shaxsiy hayoti Zukanović 2011-yil iyul oyida sevgilisi Eminaga uylandi. Ularning uchta farzandi, Alin ismli qizi va Armin va Din ismli ikkita oʻgʻli bor.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokQitʼaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarŽeljezničar2005—2006Bosniya Premyer-ligasi7000-70Austria Lustenau II2006—2007Gʻarbiy Avstriya mintaqaviy ligasi20000-200Sulzberg2007—2008Vorarlbergliga71--71Uerdingen 052008—2009Oberliga Niederrhein90--90Dender2008—2009Belgiya birinchi divizioni A20100-2012009—2010Belgiya birinchi divizioni B33120-351Jami53220-552Eupen2010—2011Belgiya birinchi divizioni A36310-373Kortrijk2011—2012Belgiya birinchi divizioni A35371-4242012—2013Belgiya birinchi divizioni A21520-235Jami56891-659Gent2012—2013Belgiya birinchi divizioni A15010-1602013—2014Belgiya birinchi divizioni A19230-222Jami34240-382Chievo (loan)2014—2015Serie A29200-292Sampdoria2015—2016Serie A1631020193Roma2015—2016Serie A90-10100Atalanta (loan)2016—2017Serie A19000-190Genoa (loan)2017—2018Serie A31000-310Genoa2018—2019Serie A25020-270Jami56020-580Al Ahli2019—2020Saudiya Arabistoni Professional ligasi30000030SPAL2019—2020Serie A30--30Fatih Karagümrük2020—2021Süper Lig17300-1732021—2022Süper Lig21021-231Jami38321-404Asteras Tripolis2022—2023Gretsiya Superligasi11010-120Jami faoliyati406242223043126

Xalqaro

+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok GollarBosniya va Gersegovina 2012-yil 2 0 2013-yil 4 0 2014-yil 0 0 2015-yil 6 0 2016-yil 6 0 2017-yil 5 0 2018-yil 9 0 2019-yil 6 0 Jami 38 0

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Bosniya va Gersegovinalik erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serie A futbolchilari