Kevin Stenlund () (1996-yil 20-sentyabrda tugʻilgan) — shvetsiyalik professional xokkey hujumchisi. Kevin Stenlund hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „Winnipeg Jets“ xokkey klubida faoliyat olib bormoqda. Stenlund 2015-yilgi NHL kirish loyihasida 58-oʻrindagi tanlov asosida „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi safiga qabul qilingan edi.

Oʻyin faoliyati Kevin Stenlund Shvetsiya xokkey ligasidagi ilk oʻyinini 2014—2015-yilgi SHL mavsumida „HV71“ xokkey klubi safida oʻtkazdi. 2015-yil 30-may kuni Kevin Stenlund „HV71“ klubida qolish uchun jamoa bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirishga rozilik bildirdi.

2017-yil 23-mayda Kevin Stenlund oʻzining birinchi NHL shartnomasini „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi bilan (uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma) imzoladi. 2017—2018-yilgi mavsumda Kevin Stenlund „HV71“ xokkey klubi safiga ijara asosida qaytarildi. Kevin Stenlund klub sagfida 43 ta oʻyinda maydonga tushib, 15 ta golli uzatma va 22 ochko toʻplagan holda muvaffaqiyatli mavsumni oʻtkazdi. „HV71“ klubi bilan mavsumni yakunlagan Stenlund 2018-yil 17-martda mavsumning qolgan qismini „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubining AHL filiali „Cleveland Monsters“ xokkey klubi bilan o‘tkazish uchun yuborildi.

2021-yilning 17-iyunida Kevin Stenlund „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi bilan yana bir yillik shartnoma imzoladi.

„Columbus Blue Jackets“ xokkey klubi safida besh mavsum oʻynaganidan soʻng, Kevin Stenlund erkin agent sifatida 2022-yil 13-iyulda „Winnipeg Jets“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2013—2014HV71J202945916711202014—2015HV71J203614223616613442014—2015HV71SHL171012—————2015—2016HV71J20175192431—————2015—2016HV71SHL4311220610122015—2016HC Vita HästenAllsv10000—————2016—2017HV71J20321312—————2016—2017HV71SHL48137201616461062016—2017Västerviks IKAllsv21342—————2017—2018HV71SHL437152228201122017—2018Cleveland MonstersAHL70224—————2018—2019Cleveland MonstersAHL5915102512510102018—2019Columbus Blue JacketsNHL40004—————2019—2020Cleveland MonstersAHL336121824—————2019—2020Columbus Blue JacketsNHL3264108210102020—2021Columbus Blue JacketsNHL3255108—————2021—2022Cleveland MonstersAHL428172520—————2021—2022Columbus Blue JacketsNHL30002—————SHL jami1512223456624571210NHL jami71119202221010

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Xokkey Turkum:Xokkeychilar Turkum:Shvetsiya profissional xokkeychisi