Ryan Donato () (1996-yil 9 aprelda tugʻilgan) — amerikalik professional xokkey hujumchisi. Ryan Donato hozirda Milliy xokkey ligasi (NHL) vakili „Seattle Kraken“ xokkey jamoasida faoliyat olib bormoqda. Ryan Donato „Boston Bruins“ xokkey klubi safiga 2014-yilgi NHL kirish loyihasida 56-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilinagn edi.
Oʻyin faoliyati
Dastlabki yillar Donato Massachusetts shtatidagi Dexter maktabida xokkey oʻynay boshlagan. Shundan soʻng, Ryan Donato 2014-yilgi NHL kirish loyihasida „Boston Bruins“ xokkey klubi safiga 56-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.
Professional
Boston Bruins Ryan Donato 2018-yilning 18-martida „Boston Bruins“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlang‘ich darajadagi shartnoma imzoladi. Ertasi kuni Ryan Donato NHLdagi debyutini oʻtkazdi. Ryan Donato NHLdagi birinchi golini "Columbus Blue Jackets' xokkey jamoasiga qarshi uchrashuvda (5-4 hisobida qoʻshimcha taymdagi magʻlubiyat) kiritishga muvaffaq boʻldi. Donato oʻzining pley-offdagi debyutini 2018-yilgi Stanley kubogi pley-offining 2-oʻyinida „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (7-3 hisobida gʻalaba) oʻtkazdi.
Minnesota Wild 2019-yil 20-fevralda Ryan Donato Charlie Coyle evaziga „Minnesota Wild“ xokkey klubiga almashtirildi. Ryan Donato 21-fevral kuni „Minnesota Wild“ xokkey klubi safidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi.
2019-yil 16-iyulda Ryan Donato „Minnesota Wild“ klubi bilan ikki yillik 3,8 million dollarlik yangi shartnoma imzoladi.
San Jose Sharks 2020-yil 5-oktabrda Ryan Donato 'Minnesota Wild" klubi tomonidan „San Jose Sharks“ klubiga sotildi. Ryan Donatoning klubdagi debyuti 2021-yilning 14-yanvar kuni „Arizona Coyotes“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (4:3 hisobida g‘alaba) boʻlib oʻtdi.
Seattle Kraken 2021-yil 12-sentyabrda Ryan Donato „Seattle Kraken“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida 2021—2022-yilgi mavsum uchun bir yillik 750 000 dollarlik shartnoma imzoladi.
2022-yil 27-iyulda Ryan Donato „Seattle Kraken“ klubi bilan yana bir yillik 1,2 million dollarlik shartnoma imzoladi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari Muntazam mavsumPley-off oʻyinlariMavsumKlubLigaOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenaltiOʻyinGolGolli uzatmaOchkoPenalti2011—2012Dexter maktabiUSHS261422368—————2012—2013Dexter maktabiUSHS2829316014—————2013—2014Dexter maktabiUSHS3037417816—————2014—2015Dexter maktabiUSHS3118355316—————2014—2015South Shore KingsUSPHL1355104—————2014—2015Omaha LancersUSHL8551043101152015—2016Harvard universitetiECAC321382126—————2016—2017Harvard universitetiECAC3621194025—————2017—2018Harvard universitetiECAC2926174310—————2017—2018Boston BruinsNHL125492300002018—2019Boston BruinsNHL346392—————2018—2019Providence BruinsAHL1875127—————2018—2019Minnesota WildNHL22412164—————2018—2019Iowa WildAHL323541124642019—2020Minnesota WildNHL621492312200022020—2021San Jose SharksNHL506142010—————2021—2022Seattle KrakenNHL7416153140—————NHL jami25451571087050002
Xalqaro Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti 2016-yil Qoʻshma Shtatlar WJC 7 3 1 4 2 2018-yil Qoʻshma Shtatlar OG 7 5 5 1 6 2 2021-yil Qoʻshma Shtatlar WC 10 1 3 4 6 Oʻsmirlar safida 7 3 1 4 2 Kattalar safida 15 6 4 10 8
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha xokkeychilar Turkum:AQSh xokkeychilari