Aleks Král (; 1998-yil 19-mayda tugʻilgan) — chexiyalik professional futbolchi, Bundesliganing Schalke 04 klubida yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.
Ilk faoliyati Slovakiyada tugʻilgan Král oilasi bolaligida oilasi bilan Chexiyaning Brno shahriga koʻchib oʻtgan. 6 yoshida SK Moravska Slavia Brnoda futbol oʻynay boshlagan, toʻqqiz yoshida Zbrojovka Brno jamoasiga qoʻshilgan. 14 yoshida Slavia Prague qoʻshildi.
Klublardagi faoliyati
Slavia Prague 2019-yilning yanvarida Praganing Slavia klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi.
Spartak Moscow 2019-yilning 1-sentyabrida u Rossiya Premyer-ligasining FC Spartak Moscow klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Oʻshandan beri klubda bir necha mavsum oʻynadi, shu jumladan UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etdi.
West Ham Unitedga ijaraga 2021-yil 31-avgustda Král Angliyaning West Ham United jamoasiga mavsumiy ijara asosida qoʻshildi„West Ham United bring in Czech Republic midfielder Alex Král on loan“. . 22-sentyabr kuni Old Traffordda Angliya liga kubogi doirasida Manchester Unitedga qarshi oʻyinda (1:0) debyut qildi. 2021-yil 28-dekabrda Watfordga qarshi oʻyinda (4:1) zaxiradan maydonga tushib, ligadagi debyutini oʻtkazdi. Ijara muddati tugaguniga qadar Král bir marta Premyer-ligada, uch marta Yevropa Ligasida va bir martadan Angliya kubogi va EFL kubogida maydonga tushgan.
Shartnomani bekor qilish va Schalke 04 2022-yilning 1-iyulida „Spartak“ Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi oqibatida FIFAning maxsus qoidalariga muvofiq, Král Moskvaning „Spartak“ bilan 2022—2023-yilgi mavsum uchun shartnomasini to‘xtatganini eʼlon qildi. 2022-yil 14-iyulda Schalke 04 Král bilan bir yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. FIFA qoidalariga koʻra, Král „Schalke 04“da vaqtinchalik oʻynaydigan „Spartak“ futbolchisi boʻlib qoladi.
Xalqaro faoliyati Král 2019-yilning 26-mart kuni Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Chexiya terma jamoasi safida 69-daqiqada David Pavelka o‘rniga maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
Klubda
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarTeplice2016—2017Chexiya birinchi ligasi3000——302017—2018Chexiya birinchi ligasi23131——2622018—2019Chexiya birinchi ligasi17020——190Jami43151——482Slavia Prague2018—2019Chexiya birinchi ligasi1203061—2112019—2020Chexiya birinchi ligasi60—201090Jami180308110301Spartak Moscow2019—2020Rossiya Premyer-ligasi19040——2302020—2021Rossiya Premyer-ligasi29010——3002021—2022Rossiya Premyer-ligasi500020—70Jami5305020—600West Ham United (ijara)2021—2022Angliya Premyer-ligasi1010301060Schalke 04 (ijara)2022—2023Bundesliga12020——140Jami faoliyati1271161131201583
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar Chexiya Respublikasi 2019 9 2 2020 7 0 2021 13 0 2022 5 0 Jami 34 2
+Aleks Král tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2019-yil 14-oktyabr Generali Arena, Prague, Chexiya 2 — 3 2-3 Doʻstona 2. 2019-yil 14-noyabr Doosan Arena, Plzen, Chexiya 1 — 1 2-1 UEFA Yevro-2020 saralashi
Yutuqlari Slavia Prague
Chexiya Birinchi ligasi: 2018—2019 Chexiya kubogi: 2018—2019
Individual
19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2017
Manbalar
Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Chexiyalik erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar