Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali — Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarining filiallaridan biri.
Tarix Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyul №3153-son “Toshkent viloyatida sanoat-ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq filialda “Konchilik ishi va metallurgiya”, “Energetika va mashinasozlik” fakultetlari faoliyat boshladi. Bugungi kunda “Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Konchilik elektr mexanikasi”, “Umumkasbiy va lqtisodiy fanlar” kafedralarini, Energetika va mashinasozlik fakulteti esa “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi”, “Kimyoviy texnologiya”, “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedralarini oʻz ichiga oladi. Ayni vaqtda kunduzgi boʻlimda “Mashinasozlik texnologiyalari”, “Konchilik ishi”, “Metallurgiya”, “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi”, “Kimyoviy texnologiya”, “Konchilik elektr mexanikasi” kabi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. SHuningdek, oliygohimizda kechki va sirtqi boʻlimlar ham tashkil etilib, ushbu boʻlimlarda 2003 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Albatta, bugungi kun talabidagi kadrlar tayyorlashni zamonaviy laboratoriya jihozlarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Mazkur masalada TDTU Olmaliq filiali uchun xarid qilinishi yuzasidan 6 nomdagi, jumladan metallurgiya, elektrotexnika va elektronika asoslari, kimyoviy texnologiya, gelogiya, gidrologiya va gidrogelogiya, mashinasozlik hamda favqulodda holatlar xavfsizlgi, mehnat muhofazasi va hayot faoliyati xavfsizligi sohalariga oid oʻquv-laboratoriyalarini xarid qilingan. Filialda faoliyat olib borayotgan barcha professor-oʻqituvchilarning oʻz ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlari mavjud boʻlib, ular belgilangan muddatlarda ilmiy maqola, oʻquv-uslubiy qoʻllanma va darsliklarni chop etib kelmoqda. Shuningdek, tadqiqot doirasidagi dissertatsiya himoyalarini muvaffaqiyatli oʻtkazishmoqda. Oʻtgan yilda to‘rt nafar professor-oʻqituvchi oʻz dissertatsiyalarini ana shunday muvaffaqiyat bilan himoya qilib, falsafa doktori(PhD) ilmiy darajalariga ega boʻlishdi. Joriy yilda esa yana toʻrt nafar professor oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari oxiriga etkazilib, dissertatsiya himoyalarini oʻtkazish asosiy maqsad sifatida belgilangan. Iste’dodli professor –oʻqituvchilarimizning har biri talaba-yoshlarning kamol topishi, jamiyatda munosib oʻrin egallashida bor bilim va tajribasini oʻrgatib, ma’nan boy avlodlar boʻlib ta’lim-tarbiya olishlarida beqiyos hissa qoʻshib kelmoqda. Bilamizki, ta’lim-tarbiya har bir davlatning nafaqat bugunida, balki ertasida ham muhim masala sanaladi. Shu boisdan, talaba yoshlarimizning dunyoqarashini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini oshirish, respublikamizda olib borilayotgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini toʻlaqonli tushuntirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, diniy ekstremistik oqimlar, missionerlik kabi illatlarga qarshi kurashish, oʻqish va darsdan boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish professor-oʻqituvchilarimizning doimiy e’tiboridadir.
Kafedralar
METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI
Metallurgiya kafedrasi Kimyoviy texnologiya kafedrasi
NOMUTAXASSISLIK KAFEDRALARI
Kimyo va fizika kafedrasi Ijtimoiy gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi
KONCHILIK ISHI FAKULTETI
MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI
Konchilik ishi kafedrasi Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi
NOMUTAXASSISLIK KAFEDRALARI
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi
ENERGETIKA VA MASHINASOZLIK FAKULTETI
MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI
Elektr texnikasi va elektr mexanikasi kafedrasi Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi
NOMUTAXASSISLIK KAFEDRASI
Matematika va informatika kafedrasi
Fakultetlar haqida ma'lumotlar alt=METvaKT|thumb|METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI|leftMetallurgiya va kimyoviy texnologiyalari fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish soxasi uchun muhandis texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3153-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 4-avgustdagi 516-sonli buyrug‘i hamda Islom Karimov nomidagi TDTU rektorining 2017 yil 4-avgustdagi 01/9-05-520-sonli buyrug‘iga binoan Olmaliq shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil qilindi. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida Kengashining 2022-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan “Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar” fakulteti tashkil etildi. 2022-yil 5-sentabrdan bugungi kungacha DSc. D.X.Mirxamitova fakultet dekani lavozimida faoliyat yuritmoqda.
“Metallurgiya kafedrasi” TDTU OF ilmiy Kengashining 2017 yil 7.08 dagi №10-sonli qarori asosida o‘z faoliyatini boshlagan. Metallurgiya kafedrasiga joriy yilda 19,75 shtat ajratilgan. Hozirgi kunda asosiy shtatda 1 nafar professor, 1 ta kafedra mudiri, 1 ta dotsent, 3 ta dotsent v.b., 2 ta katta o‘qituvchi va 7 ta assistent, ichki o‘rindoshlik asosida 2 ta professor, 1 ta dotsent, 3 ta katta o‘qituvchi, 5 ta assistent, tashqi o‘rindoshlik asosida 1 ta professor, 1 ta katta o‘qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda. Ilmiy salohiyat hozirgi kunda 46,67% tashkil etmoqda.
“Kimyoviy texnologiya” kafedrasi TDTU OF ilmiy Kengashining 2017 yil 7.08 dagi №10-sonli qarori asosida o‘z faoliyatini boshlagan. Kafedrada asosiy shtatda 11 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 6 nafari ilmiy darajaga ega hisoblanadi. Ilmiy saloxiyat 54.54%.
“Kimyo va fizika” kafedrasi TDTU OF Ilmiy Kengashining 2022 yil 8.08 dagi №10-sonli qarori asosida o‘z faoliyatini boshlagan. Kafedrada asosiy shtatda 15 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 6 nafari ilmiy darajaga ega hisoblanadi. Ilmiy saloxiyat 40 %.
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi TDTU OF ilmiy Kengashining 2017 yil 7.08 dagi №10-sonli qarori asosida nomutaxassis kafedra hisoblanadi. Filial miqyosida barcha yo‘nalish talabalariga “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”, “Falsafa”, “Kasbiy psixologiya”, “Dinshunoslik”, “Muxandislik psixologiyasi” fanlaridan dars mashg‘ulotlari olib borishadi. Kafedrada asosiy shtatda 12 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ulardan 5 nafari ilmiy darajaga ega hisoblanadi. Ilmiy saloxiyat 42%. alt=KI|thumb|KONCHILIK ISHI FAKULTETI|leftKonchilik ishi fakulteti
Оʻtgan asrning 50-yillarida Оʻzbekistonda yirik foydali qazilma konlari aniqlanib, ularni qazib olish, boyitish fabrikalari hamda metallurgiya zavodlarining qurilishi rejalashtirilgan bоʻlib, 60-yillarda ushbu rejani amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “Оʻzbekoltin” birlashmasiga qarashli Chodak, Angren, Marjonbuloq konlari va rudalarini boyitish fabrikalari, keyinroq esa Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari tashkil topdi. Bu davrda Bekobod metallurgiya zavodi, Chirchiq оʻtga chidamli va qiyin eruvchi metallar (volform va molibden) ishlab chiqrishga mоʻljallangan kombinat faoliyat kоʻrsatib kelayotgan edi. Ushbu konlarda, fabrikalarda zavodlarda ishlash uchun mutaxassislar-injener konchilar, boyituvchilar hamda metallurglar tayyorlash davr talabiga aylangan edi. Bu vazifa bilan Toshkent politexnika instituti (Hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) Konchilik fakulteti shugʻullanar edi. 1961- yil Olmaliq shahrida kechki Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti ochilib, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda talabalar tahsil ola boshladi. Fakultet dekani etib, dotsent U.A. Isomuxammedov, dekan muovini etib I.Inagamov tayinlandi. Sobiq Sovet davlat rahbarining (N.S. Xrushchev) “Oliy оʻquv yurtlari ishlab chiqarish korxonalariga yaqin hududlarga kоʻchirilsin” degan qarorga binoan Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kunduzgi kon-metallurgiya fakulteti 1963-yil sentabrida Olmaliq shahriga kоʻchiriladi. Fakultet Olmaliqqa kоʻchirilgandan keyin U.A.Isomuxammedov оʻquv ishlari bоʻyicha prorektor lavozimiga оʻtkazilib, Olmaliqdagi fakultetga dotsent Xoroshev dekan etib tayinlandi, dekan muovini etib, I. Inogamov tayinlandi. 2-3 yildan keyin esa Xoroshevning оʻrniga, I.Inogamov dekan etib tayinlanadi. 1967-yil sentabrda Olmaliq kon-metallurgiya fakultetining kunduzgi bоʻlimi qayta Toshkentga kоʻchiriladi. Olmaliq shahrida esa, ToshPIning kechki “Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti” tashkil qilinib, kechki bоʻlimida оʻqiydigan talabalar qoldirildi. Mutaxassislik kafedralari “Rangli metallar metallurgiyasi”, “Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasi” va boshqa kafedralar “Sikl”ga aylantirilib, Toshkentdagi kon-metallurgiya fakultetining mutaxassislik kafedralari tasarrufida qoldiriladi. Kechki Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tarkibida mustaqil kafedra sifatida “Foydali qazilmalarni boyitish”, “Marksizm-leninizm”, “Umummuhandislik”, “Chet-tillari” hamda “Sanoat qurilish” kafedralari tashkil qilingan edi.”Foydali qazilmalarni boyitish” kafedrasiga oldin dotsent V.N. Chazov keyinroq M.Asqarov rahbarlik qilganlar. 1967-1976-yillarda texnika fanlari nomzodi Djaymagambetov D.S. dekan vazifasida ish yuritdi. 1976-1981-yillar Olmaliq KMF yana texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inagʻamovich I.I.dekan vazifasida ish yuritdi. 1981-1993-yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Yusupxodjaev A.A. dekan vazifasida ish yuritdi. 1993-1995-yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Xolmatov M.M. dekan vazifasida faoliyat olib bordi. 1995-yili Prezident qarori bilan Oliy оʻquv yurtlarining viloyatlardagi kechki bоʻlim va fakultetlari hamda filiallari tugatildi. Shu jumladan Olmaliq fakulteti ham. 2001-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi sanoatining tez rivojlanayotgan kon-metallurgiya sohasi, asosan Olmaliq togʻ-metallurgiya kombinatini xamda Respublika sanoatining togʻ-metallurgiya sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tashkil etildi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh direktori va Olmaliq shahar hokimining takliflarini inobatga olinib hamda ta’lim muassasalariga qabil qilish bоʻyicha Davlat komissiyasining 2001-yil 18-iyuldagi 4-sonli majlisi bayonnomasi, Navoiy davlat konchilik instituti Rektorining 2001-yil 2-avgustdagi 1/68 –sonli buyrugʻiga binoan Olmaliq shahrida Navoiy davlat konchilik institutining kunduzgi Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti ochilgan. Oʻsha vaqtda fakultetni tashkil qilishda quyidagi insonlar tashabbus koʻrsatishgan: Rossiya konchilik fanlari akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori B.R.Raimjonov, texnika fanlari doktori N.I.Kucherskiy, texnika fanlari doktori Q.S.Sanaqulov, texnika fanlari doktori, professor S.A.Abduraxmanov, texnika fanlari doktori YU.J.Norov, texnika fanlari doktori Oʻ.F.Nosirov, dotsent R.M.Qarshiev, dotsent Y.P.Isomatov, dotsent A.M.Mutalova va texnika fanlari doktori A.S.Xasanovlar. 2001-2012-yillarda A.S.Xasanov dekan vazifasida faoliyat yuritdi. 2012-2013 yillarda dotsent T.V.Botirov 2013-2017 yillarda dotsent D.B.Xoliqulov OKMF dekani vazifasida faoliyat yuritdilar.