Norvegiya milliy futbol terma jamoasi (norveg tilida: Norges herrelandslagi fotball, yoki norasmiy ravishda Landslaget) Norvegiya sharafini erkaklar xalqaro futbolida himoya qiladi. Jamoa Norvegiyaning futbol boʻyicha kengashi boʻlgan Norvegiya futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladi. Norvegiyaning uy maydoni Oslodagi Ullevaal Stadioni hisoblanadi va jamoa bosh murabbiyi Ståle Solbakkendir. Norvegiya 3 marta FIFA Jahon chempionatida (1938, 1994, 1998), bir marta UEFA Yevropa chempionatida (2000) ishtirok etgan.
Norvegiya Braziliyaga qarshi barcha bahslarda magʻlubiyatsiz natija bilan qolayotgan yagona milliy terma jamoa hisoblanadi. Toʻrtta bahsda Norvegiya Braziliyaga qarshi 2 ta gʻalaba va 2 ta durang natijani qayd etgan. Ushbu natijalar uchta oʻrtoqlik bahsida (1988, 1997 va 2006-yillarda) va 1998-yilgi jahon chempionati guruh bosqichi bahslarida qayd etilgan.
Jamoa formasini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Ishlab chiqaruvchi Davr Le Coq Sportif 1976-1980 Hummel 1981-1991 Adidas 1992-1996 Umbro 1996-2014 Nike 2015-hozir
Tarkib
Terma jamoa safida eng koʻp oʻyinda madonga tushgan futbolchilar DarajaFutbolchiIshtirokGollarFaoliyati1 John Arne Riise110 162000-20132 Thorbjørn Svenssen104 01947-19623 Henning Berg100 91992-20044 Erik Thorstvedt9701982-19965 John Carew91241998-2011 Brede Hangeland9142002-20147 Øyvind Leonhardsen86191990-20038 Morten Gamst Pedersen83172004-2014 Kjetil Rekdal83171987-200010 Steffen Iversen79211998-2011
Izohlar
Manbalar
Havolalar Official website of The Norwegian Football Association (NFF) Norway FIFA profile Norway UEFA profile RSSSF archive of results 1908- RSSSF archive of most capped players and highest goalscorers Complete list of Norwegian international players
Turkum:Norvegiya Turkum:Yevropa milliy assotsiatsiyasi futbol jamoalari