Thomas Hitzlsperger (; 1982-yil 5-aprelda Germaniyaning Myunxen shahrida tugʻilgan) – nemis yarim himoyachisi, Germaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempionatining bronza medali sovrindori va Yevropa kubogi vitse-chempioniV russkoyazichnix SMI (v chastnosti, na sayte http://www.championat.ru) chasto ispolzuetsya variant Xitslshperger, odnako v Germanii Tomasa nazivayut imenno Xitslspergerom.. 2005-yilning yozida Thomas Hitzlsperger erkin agent sifatida Germaniya Bundesligasining „Stuttgart“ futbol klubiga oʻtdi va u yerda darhol asosiy jamoaning oʻyinchisiga aylangan. 2008-yilning iyul oyidan 2009-yilning dekabr oyigacha „Stuttgart“ futbol klubi sardori boʻlgan. 2006—2007-yilgi mavsumda futbolchi Germaniya chempioni boʻlgan.

Xalqaro faoliyati Thomas Hitzlsperger Germaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi sardori edi. U Germaniya yoshlar terma jamoasida ham oʻynab, 20 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan. U asosiy Germaniya terma jamoasidagi birinchi oʻyinini 2004-yil 9- oktabrda Eron terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan. U terma jamoadagi ilk golini 2006-yilning 6-sentabrida San-Marinoga qarshi oʻyinda kiritgan. Thomas Hitzlsperger 2010-yilgacha asosiy terma jamoada oʻynagan. Shu vaqt ichida Germaniya terma jamoasi tarkibida Thomas Hitzlsperger 2005-yilgi Konfederatsiyalar kubogining bronza medali, 2006-yilgi jahon chempionatining bronza medali va 2008-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan. Thomas Hitzlsperger Germaniya terma jamoasi libosida jami 52 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan.

Faoliyatini tugatgandan soʻng 2016-yil 5-iyun kuni Thomas Hitzlsperger 2015—2016-yilgi mavsum yakunida „Stuttgart“ futbol klubi boshqaruv jamoasiga qoʻshildiXitslsperger zanyal post v rukovodstve „Shtutgarta“. U klubdagi futbol maktabini boshqargan, 2019-yilda esa sport direktori lavozimini egallaganThomas Hitzlsperger replaces Michael Reschke.

Statistika Jamoa MamlakatMavsumAston Villa FC2001—2005Chesterfield FC (ijara)2001VfB Stuttgart2005—2010Società Sportiva Lazio2010West Ham United2010—2011VfL Wolfsburgo2011—2012Everton FC2012—2013

Manbalar

Havolalar

Blog at Störungsmelder

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Aston Villa F.C. futbolchilari Turkum:Chesterfield F.C. futbolchilari Turkum:VfB Stuttgart futbolchilari Turkum:SS Lazio futbolchilari Turkum:West Ham United F.C. futbolchilari Turkum:VfL Wolfsburg futbolchilari Turkum:Everton F.C. futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Germaniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari