Denis Lemi Zakaria Lako Lado (; 1996-yil 20-noyabrda tugʻilgan) — shveysariyalik professional futbolchi. Premyer-liganing Chelsea klubida ijara asosida va Shveysariya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
Servet Shveysariyaning Jeneva shahrida tugʻilgan Zakaria dastlab mahalliy Servette klubida oʻynay boshlagan.
Young Boys Zakaria 2015-yilning iyun oyida nomaʼlum toʻlov evaziga Young Boysga oʻtdi va toʻrt yillik shartnoma imzoladi. Shveysariya Superligasida debyutini 2015-yilning 18-iyulida Zürich klubiga qarshi safarda, 79-daqiqadan so‘ng Alexandr Gerndt o‘rniga maydonga tushib o‘tkazdi.
Borussia Mönchengladbach 2017-yilning iyun oyida Zakaria Borussia Mönchengladbach klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Zakaria uchun „Young Boys“ga toʻlangan transfer narxi 10 million yevroga baholangandi. Borussia Mönchengladbach klubi safida 125 ta o‘yinda jami 11 ta gol urgan.
Juventus 2022-yilning 31-yanvarida, shartnomasi tugashiga olti oy qolganida, Zakaria A Seriyaning Juventus klubiga 4 yarim yillik shartnoma asosida 4,5 million yevroga o‘tdi. 6-fevral kuni Zakaria debyutida Hellas Veronaga qarshi oʻyinning 61-daqiqasida gol udi.
Chelseaga ijaraga 2022-yil 1-sentabrda Zakaria Premyer-liganing Chelsea klubiga 2022—2023-yilgi mavsum oxirigacha ijaraga berildi. 2022-yil 2-noyabrda Zakaria „Chelsea“dagi debyutini klubning UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida o‘tkazdi, Zagrebning „Dinamo“ siga qarshi o‘yinda (2:1) g‘alaba to‘pini kiritdi.
Xalqaro faoliyati Zakaria turli Shveysariya yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. Shveysariyada tugʻilgani va otasi janubiy sudanlik va onasi kongolik boʻlganligi sababli Shveysariya, Janubiy Sudan yoki Kongo terma jamoalarida oʻynashi mumkin edi.
Zakaria 2016-yilning 28-mayida Belgiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (2:1) Shveysariya terma jamoasi safida debyut qildi. 2016-yilgi Yevropa chempionati uchun terma jamoa tarkibiga tanlandi. 2018-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibga kiritilgan edi.
2019-yil may oyida Zakaria 2019-yilgi UEFA Millatlar Ligasi finalida oʻynadi. UEFA Yevro-2020 uchun Shveysariya terma jamoasining 26 kishidan iborat tarkibiga kiritilgan. 2021-yilning 2-iyulida Shveysariyaning Ispaniyaga qarshi chorak final o‘yinida avtogol urdi va jamoasi bilan penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.
Faoliyat statistikasi
Klubda
+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiQitʼaBoshqaJamiDiviziyaIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarServette2014—2015Shveysariya Challenge Ligasi6200———62Young Boys2015—2016Shveysariya Superligasi27130—30—3312016—2017Shveysariya Superligasi23140—70—341Jami50270—100—672Borussia Mönchengladbach2017—2018Bundesliga30230———3322018—2019Bundesliga31410———3242019—2020Bundesliga23220—60—3122020—2021Bundesliga25120—50—3212021—2022Bundesliga16220———182Jami12511100—110—14611Juventus2021—2022Serie A9130—10—1312022—2023Serie A20————20Jami11130—10—151Chelsea (ijara)2022—2023Premyer liga00001011—21Career Jami19116200102310023517
Xalqaro
+Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar Milliy terma jamoa YilIshtirok Gollar Shveysariya 2016-yil 3 0 2017-yil 6 0 2018-yil 9 1 2019-yil 10 2 2020-yil 0 0 2021-yil 12 0 2022-yil 5 0 Jami 45 3
Hisob ustuni Bodenning har bir golidan keyingi hisobni aks ettiradi. Natija ustuni esa oʻyin necha-yu necha hisobi bilan yakunlaganini koʻrsatadi.
+Denis Zakaria tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati T/r Sana JoyKep Raqib Hisob Natija Musobaqa Manba 1 2018-yil 8-sentyabr Kybunpark, Sankt-Gallen, Shveysariya 13 2-0 6-0 2018—2019 UEFA Millatlar ligasi A 2 2019-yil 23-mart Boris Paichadze Dinamo Arena, Tbilisi, Gruziya 19 2-0 2-0 UEFA Yevro-2020 saralashi 3 2019-yil 8-sentyabr Turbillon stadioni, Sion, Shveysariya 24 1-0 4-0
Yutuqlari Individual
Shveysariya Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2016—2017 Shveysariya Superligasining eng yaxshi yosh futbolchisi: 2016—2017
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shveysariyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Servette FC futbolchilari Turkum:BSC Young Boys futbolchilari Turkum:Borussia Mönchengladbach futbolchilari Turkum:Juventus FC futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:AS Monaco FC futbolchilari Turkum:Shveysariya Superligasi futbolchilari Turkum:Shveysariya Chellenj ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari