Emma Myers (2002-yil 2-aprelda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U oʻz karerasini 2010-yilda The Glades filmida bola aktrisa sifatida boshlagan. U 2022-yil Wednesday serialida Enid Sinclair rolini o‘ynab o‘zining muvaffaqiyatiga erishgan.

Yoshligi Emma Myers 2002-yil 2-aprelda Florida shtatining Orlando shahrida tugʻilgan. U uy maktablari kooperativiga qatnagan ammo hech qachon anʼanaviy maktab tajribasiga ega boʻlmagan.

Faoliyati Myers 2010-yilda The Glades teleserialida debyut qilib, bola aktrisa sifatida faoliyat yurita boshlaydi. U 16 yoshida professional aktyorlik faoliyatini boshlagan. Myers Southern Gospel (2020), A Tasty of Chrismas (2020) va Girl in the Basement (2021) filmlarida paydo boʻldi. U 2022-yil Wednesday serialida Wednesday Addams rolini oʻynagan hamkasbi Jenna Ortega bilan birga Enid Sinclair roli orqali muvaffaqiyatiga erishdi.

Shaxsiy hayoti Myers K-pop, xususan Seventeen guruhi muxlisi. Uning 2022-yilda Teen Vogue jurnaliga bergan intervyusiga koʻra, Uzuklar hukmdori va Yulduzlar urushi fandomlari Emmaning dunyoqarashini shakllantirgan onlayn fandomning ikkita ustuni boʻlgan. U oʻzini introvert deb taʼriflaydi.

Filmografiyasi

Film Yil Sarlavha Rol 2010-yil Letters to god avtobusdagi kichkina qiz (ismi koʻrsatilmagan) 2021-yil Girl in the Basement Marie Cody

Televideniye Yil Sarlavha Rol 2010-yil The Glades Paige Slayton 2020-yil The Baker and the Beauty Stephanie Dead of Night Magnoliyadan kelgan qiz A Tasty of Christmas BeeBee Jordan 2022-yil Wednesday Enid Sinclair

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerikalik bola aktrisalar Turkum:2002-yilda tugʻilganlar

Havolalar