Tarlon – Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 4×4 gʻildirak bilan jihozlangan koʻp maqsadli yuqori oʻtuvchan zirhli avtomobil. U 2021-yildan Qurolli kuchlar safiga qabul qilingan. Zirhli mashina kolonnalarni qoʻriqlash va kuzatib borish, tez yordam transporti, muhandislik, radiatsiya, kimyoviy va biologik tekshirish va yongʻinga qarshi vositalar uchun moʻljallangan. Mashina 12.7 yoki 7.62 mm.li pulemyot bilan qurollanishi mumkin. Oʻzbekiston mudofaa sanoati mashina uchun Utes pulemyoti asosida masofadan boshqariluvchi jangavor modul ishlab chiqaradi.
Yana qarang
Arslon (ZTV)
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston texnikasi Turkum:Oʻzbekiston qurolli kuchlari