Yulduz Ibragimovna Usmonova (1963-yil 12-dekabrda Margʻilonda tugʻilgan) – oʻzbek estradasi xonandasi (O'KDM), bastakor, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti, Tojikiston xalq artisti, Turkmaniston va Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist. Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasini tugatgan (1988). Oʻzi tashkil etgan ansamblning yakkaxon xonandasi (1989-yildan), 1800 tadan ziyod ashulalar sohibasi, 70 ga yaqin albomlar egasi. Repertuaridan oʻrin olga koʻplab qoʻshiqlarning (soʻzi va musiqasi) muallifi.

Biografiyasi 1963-yil 12-dekabrda Margʻilon shahrida ishchilar Uraymaxun Usmonov va Rahima Akbarovalar (jami 4 aka-uka va 7 opa-singil) oilasida oltinchi farzand boʻlib dunyoga kelgan. Yulduz Usmanova oʻzining ota-onasi haqida shunday degan:

Korporativ tadbirlardan birida Gavhar Rahimova (Tamaraxonimning singlisi) yosh Yulduzdagi iqtidorni koʻrib, uni Toshkentga kasbiy tayyorgarlikka olib boradi. U yerda Yulduz bilan vokal darslarini olib bordi, keyinroq uni Saodat Qobulova bilan tanishtirdi. Yulduz dastlabki tayyorgarlikdan soʻng Toshkent davlat konservatoriyasiga oʻqishga kirdi va uni muvaffaqiyatli tamomladi.

Ijodi Xalq kuy-ohang andozalarini ijodiy qoʻllash orqali, vatanparvarlik ruhidagi, Muhammad Yusuf va boshqa koʻplab shoirlarning sheʼrlari asosida qoʻshiqlar yaratdi (Hech kimga bermaymiz seni Oʻzbekiston), (Oʻzingdan qoʻymasin, xalqim). Shuningdek, XX asr oʻzbek qoʻshiqchiligi anʼanaviy lirik (Nastarin, Sanamgina, Qizil Olma), hajviy (Nozanin, Buxorodan kuyov Qiling), lirik-dramatik (Ona, Shoh va gado, Otajon, Allohim, Muhammad Yusufga) kabi qoʻshiqlarni mahorat bilan ijro etdi, bir qator xorij va qardosh xalqlar estrada „Allah Allah Ya-Baba“ (arabcha), „Dunyo“ (turkcha), „Parvardigori“ (forscha) kabi qoʻshiqlarini ijro etgan.

Yulduz Usmanova 1980-yillarning oxirida oʻzining „Maida“ debyut albomini chiqarish orqali oʻz vatanida tan olindi. 1990-yilda Olmaotada oʻtkazilgan „Osiyo ovozi“ birinchi xalqaro tanlovida 2-oʻrindan joy oldi. Shundan soʻng, „Olma-Olma“ albomini yozib, World Music Charts Europe reytingida kuchli oʻntalikka kirdi. Uning inglizcha-oʻzbekcha xiti boʻlgan „I wish you were here“ qoʻshigʻi Yevropa mamlakatlari pop-paradlarida bir necha bor yuqori reytingni egallagan. Keyin „Jannona“ (1995), „Men shu yerda boʻlsang“ (1995), „Binafsha“ (1996), „Tanlov albomi“ (1997), „Dunyo“ (1999) albomlarini chiqardi. Shuningdek, Yulduz Usmanova 1999-yilda qirolicha Beatrix ishtirok etgan Gollandiya festivalida chiqish qildi. 2002-yilda Yulduz Usmonova „Oʻrta Osiyo sanʼat malikasi“ unvoni bilan taqdirlangan.

Erishgan yutuqlari Bir necha xalqaro estrada tanlovlari laureati (Yurmala, 1989; Olmaota, 1991). „Sharq qoʻshiqlari qirolichasi“ unvoniga sazovor boʻlgan (2000, Turkiya). Yevropa, Osiyo, Amerika, Shimoliy Afrika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan. 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1995—2000)OʻzME.

Oʻzbek Sanʼatiga qoʻshgan yuqori hissasi va koʻplab xizmatlari natijasida xalq orasida unga „Oʻzbek Primadonnasi“ nomi berilgan va undan tashqari quyidagi yutuqlarni qoʻlga kiritgan:

• Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1995)

• Oʻzbekiston xalq Artisti (1998);

• Qoraqalpogʻiston xalq Artisti (2000);

• Buyuk xizmatlari uchun Ordeni (2001);

• Fidokorona xizmatlari uchun Ordeni (2018);

• Shuhrat Medali (2021) sohibasi.

• El-yurt xurmati Ordeni (2023)

• Tojikiston Xalq artisti (2024)

• Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist

•Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan artist

Filmografiyasi Aktrisa {| class="wikitable sortable" |+ Film |- ! Yil ! Film ! Rol ! class = "unsortable" | Izoh |- |rowspan=1|1991 | Temir erkak | Yulduz

|rowspan=1|1992 | Olov qaʼridagi farishta | Nargiza | Vokal |- |rowspan=1|1995 | Bolajon | Yulduz Usmonova | Kameo |- |rowspan=1|2000 | Tohir va Zuhra yangi talqin | Estrada yulduzi (Yulduz Usmonova) | Kameo |- |rowspan=3|2004 | Muhabbat sinovlari 2 | Yulduz Usmonova | Kameo |- | Qalblar toʻlqini | Nodira | Vokal |- | Sarvinoz | Yulduz Usmonova | Kameo |- |rowspan=1|2011 | Er bermoq jon bermoq | Yulduz Usmonova | Kameo |- Yil Film nomi Rol 1990 Temir xotin (film) Yulduz Usmonova 1991 Temir erkak Yulduz Usmonova 1992 Olov qaʼridagi farishta Yulduz Usmonova 1992 Kim jinni? Yulduz Usmonova 1995 Bolajon Yulduz Usmonova 2000 Tohir va Zuhra yangi talqin Yulduz Usmonova 2004 Muhabbat sinovlari 2 Yulduz Usmonova 2004 Qalblar toʻlqini Yulduz Usmonova 2004 Sarvinoz Yulduz Usmonova 2005 Nahotki, sen? Yulduz Usmonova 2007 Boʻrilar Yulduz Usmonova 2008 Oshiqlar Yulduz Usmonova 2013 Ojiza Yulduz Usmonova 2015 Yolgʻon dunyo Yulduz Usmonova

Diskografiyasi Albomlar va Konsertlar

Diqqat Buyerda faqat yangi qoʻshiqlarni oʻz ichiga olgan albomlar roʻyxati berilgan. Audio-CD toʻplamlar hammasi yozilmagan chunki u toʻplamlar yangi albom emas shunchaki eski ashulalar toʻplami boʻlgani uchun yozilmadi… +№ Yili. Nomi. Sotuvga chiqqan holati1 1990 Sen meni ishontir Vinyl, Melodiya, Gramplastinka21991Aylan qalbim Vinyl, Melodiya, Gramplastinka31992Yalli-YalliVinyl, Melodiya, Gramplastinka41993Jeli-jeliCD-albom, Blue Flame Records51994Alma-almaCD-albom, Blue Flame Records61995JannonaCD-albom, Yevropa, Blue Flame Records71995I Wish You Were HereCD-albom,Germaniya, Jupiter Records81996BinafshaCD-albom, Yevropa, Blue Flame Records91997The Selection AlbumCD-albom, Yevropa, Blue Flame Records101998Baxt kelganda shukr qilMuvad-studio, Audio albom111998Elimda alyorim qolur Audio albom, Muvad-studio121998Dard kelganda sabr qil Audio albom, Muvad131998Ey siz Odamlar Audio albom,Muvad-studio141999DunyoAudio albom,Tarona records151999Dünya TürkçeSD-albom, Yevropa, Double T Music161999Yulduz CD-albom, Yevropa, Double T Music171999Oqqan daryo oqaveradiCD-albom, Audio albom, Oʻzbekiston, Uzbeknavo181999HasratAudio albom, Tarona Records192000Sogʻintirib yashagim kelarAudio-CD albom, Tarona Records202000The Best Of YulduzSD-albom, Yevropa, Blue Flame Records212000 Ertagimsan 1-toʻplamAudio-CD toʻplam, Yitco Entertainment222000Hur qiz 2-toʻplamAudio-CD toʻplam, Yitco Entertainment232000Doʻstga zor 3-toʻplamAudio-CD toʻplam, Yitco Entertainment242000Tak-bum 4-toʻplamAudio-CD toʻplam, Yitco Entertainment252000Uyqudagi qiz 5-toʻplamAudio-CD toʻplam, Yitco Entertainment262001Yigit yigʻlamasin 6-toʻplamAudio-CD toʻplam, Yitco Entertainment272001Hech kimga bermaymiz seni Oʻzbekiston 7-toʻplamAudio-CD toʻplam, Yitco Entertainment282001Uchmoqdaman 8-toʻplamAudio-CD toʻplam, Yitco Entertainment292001 Kechagi kun 9-toʻplamAudio-CD toʻplam, Yitco Entertainment3020011987-2001 Non-Stop hits 10-toʻplamAudio-CD toʻplam, Yitco Entertainment312001 OshiqlikAudio-CD albom, Tarona Records322001Buncha goʻzal bu hayotAudio-CD albom, Tarona Records332001TegamanAudio albom, Tarona Records342002Yoshligim beboshligimAudio-CD albom, Tarona records352002Mega MIXAudio albom, Tarona records362003Elimda alyorim qolurAudio albom, Muvad-studio372003Mendan meni soʻramaAudio-CD albom, Tarona records382003O lyubvi ruschaAudio-CD albom, Tarona records392004Men oʻzimni topmasam Audio-CD albom, PanTerra Studio402004HayotimAudio albom, Tarona records412004ShodligimAudio albom, Tarona records422004TaqdirimAudio albom, Tarona records432004Bilmadim remiks CD-albom, 30 Hertz Records442005Yondiraman, yonamanAudio-CD albom, PanTerra Studio452005Oʻzbek Estradasi Yulduzlari bilanAudio-CD albom, Tarona Records462005 Ayolruscha Audio-CD albom, PanTerra Studio472006Biyo jonamtojikcha SD-albom, Audio albom, Tarona records482006Faqat sabr tiladimAudio-CD albom, PanTerra Studio492007Oʻzbekiston, qanday boʻsang, shunday sevamanAudio-CD albom, PanTerra Studio502007Kerak boʻlsa, jonim fidoAudio-CD albom,PanTerra Studio512008InadımSD-albom- Turkiya, 7 Şans Production522009 DünyaSD-albom, Turkiya, Şafakaraman Production532009Sen ham asra koʻzmunchogʻingmanSD-albom, Nirvana542010Tilimdan emas, dilimdanSD-albom, Nirvana, Turkiya, 7 Şans Production552010Kıble benim kalbimde (turk)turkcha SD-albom, Turkiya, Şafakaraman Production562011Bir şans verturkcha SD-albom, Turkiya, Çinar Müzik572012Mendek sevaolasizmi ?SD-albom, Nirvana, Çinar Müzik582013YoningdamanSD-albom, Ohang media592014Sen uchunSD-albom, Ohang media602015Hayat bana aşk borcun varturkcha SD-albom, Turkiya, YeniKapi Müzik612015Men sen bilan qirolichamanSD-albom, DiscoVery622016Albomga Kirmagan QoʻshiqlarSD-toʻplam, Ohang Media632017Ayol aziz, ayol eʼzozdaAudio-CD albom, DiscoVery642017Ey aziz insonAudio SD-albom, DiscoVery652018Sen va men uchunAudio-CD albom, Ohang Media662019Men seni sevamanAudio-Cd, Ohang Media6720202020 Toʻplam AlbomAudio-CD, Ohang Media682021YurakAudio-CD, Ohang Media692022MuhabbatSD-albom va toʻplam, Ohang Media7020232023 toʻplam Albom Ohang Media Audio-CD albom

Kuylangan Duetlar