Afro-Osiyo Millatlar Kubogi, shuningdek, OFK Osiyo/Afrika Challenge Cup deb ham ataladi. Turnir Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) tomonidan maʼqullangan qitʼalararo futbol musobaqasi boʻlib, ushbu konfederatsiyalar vakillari oʻrtasida (odatda Afrika Millatlar Kubogi gʻoliblari va OFK Osiyo kubogi yoki Osiyo oʻyinlari gʻoliblari oʻrtasida) oʻtkaziladi. Barcha turnirlar CAF va OFK va bilvosita FIFAning rasmiy musobaqalaridan biti edi. FIFA nizomiga koʻra, rasmiy musobaqalar FIFA yoki istalgan konfederatsiya tomonidan tashkil etilgan vakillik jamoalari uchundir. Yaponiya 2 ta chempionlik bilan tunirning eg muvaffaqiyatli jamoasi hisoblanadi.

Tarix 1978-yilda Eron Ganani 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan birinchi musoboqada kubok berilmagan: chunki javob uchrashuvi Erondagi siyosiy muammolar tufayli bekor qilingan. 1989, 2005-yilgi turnirlar bekor qilingan. 1997-yilgi musoboqa 1999-yilda oʻtkazilgan, 1999-yilgi (Misr va Eron oʻrtasidagi) turnir ham bekor qilingan.

Musobaqa 2000-yil 30-iyulda CAF qaroriga koʻra, OFK vakillari 2006-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun ovoz berishda Janubiy Afrikani emas, Germaniyani qoʻllab-quvvatlaganidan keyin toʻxtatilgan. Musobaqa 2005-yilda Tunis – Yaponiya oʻyini bilan qayta tiklanishi kerak edi, ammo tunir yana bekor qilingan. Biroq kubok 2007-yilda „OFK Osiyo/Afrika Challenj kubogi“ nomi ostida qayta tiklangan. 2008-yilgi oʻyin 2008-yilning noyabr oyida Iroq va Misr oʻrtasida Saudiya Arabistonida neytral maydonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, ammo oxir-oqibat bekor qilingan.

Natijalar va statistika

Finallar Yil Mezbonlar Final 1-jamoa Xol 2-jamoa 1978-yil Eron 3-0 Gana The second leg of the 1978 Afro-Asian Cup of Nations between Ghana and Iran was cancelled due to the Iranian Revolution. In the first leg, Iran beat Ghana 3-0. 1985-yil Kamerun 4-1 Saudiya Arabistoni 1-2 1987-yil Qatar Janubiy Koreya1-1 (4-3 1991-yilEron 2-1 Jazoir 0-1 1993-yil Yaponiya 1-0 ) 1995-yil Oʻzbekiston 2-3 Nigeriya 0-1 1997-yil Janubiy Afrika 1-0 Saudiya Arabistoni 0-0 2007-yil Yaponiya 4-1

Eng muvaffaqiyatli terma jamoalar Jamoa Gʻoliblar Ikkinchi oʻrin 2 (1993, 2007) 1 (1985) 1 (1987) 1 (1991) 1 (1995) 1 (1999) 2 (1985, 1999) 2 (1987, 2007) 1 (1991) 1 (1993) 1 (1995)

Konfederatsiya boʻyicha natijalar Konfederatsiya Gʻoliblar Ikkinchi oʻrin CAF 4 (1985, 1991, 1995, 1997) 3 (1987, 1993, 2007) OFK 3 (1987, 1993, 2007) 4 (1985, 1991, 1995, 1997)

Eslatmalar

Manbalar

Havolalar

RSSSFda Afro-Osiyo Millatlar Kubogi Football-the-story.com saytida Afro-asiatique des millat kupesi Turkum:OFK milliy terma jamoalar o‘rtasidagi musobaqalari