Zirabod (Zirobod) jomeʼ masjidi — Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Kogon shahrida joylashgan jomeʼ masjid. Shahardagi ilk va yagona shialar masjidi. U shuningdek Buxoro viloyatida joylashgan 2 ta shialar masjididan biri hamdir.

Masjid 1989—1992-yillarda 15x15 metr maydonda qurilgan. U Zirobod va Navzirobod mahallari oʻrtasida joylashgani uchun unga „Zirobod“ nomi berilgan. 1992-yil masjidga 80 m² maydon ajratib berilgan. 2008-yilda masjidni kengaytirish ishlari boshlanib, uning asosiy binosi qayta qurilgan. Keyinchalik masjidga tegishli maydon 1203 m² ga yetgan.

2017—2019-yillar davomida masjidda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi. Masjidning hozirgi binosi 350 kishilik namozxonlarning namoz oʻqishi uchun moʻljallangan.

Yana qarang Alisher Navoiy masjidi Shom masjidi

Manbalar

Turkum:Kogon masjidlari