Abbosbek Mahstaliyev (1994-yil 12-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. Hozir oʻynovchi murabbiy va „Yangiyer“ klubi futbolchi.
Futbolchilik faoliyati
Klub Abbosbek 2011-yilda Oʻzbekiston oliy ligasida debyut qilgan. 2012-yilgi mavsumda Osiyo Chempionlar Ligasida 4 ta oʻyinda va oliy ligada 16 ta oʻyinda gol ishtirok etagan, oliy ligada 4 ta gol urgan. 2013-yilgi mavsumda Osiyo chempionlar ligasida 4 ta oʻyinda, shuningdek, oliy ligada 4 ta oʻyinda maydonga tushib, yana bir gol urdi. „Paxtakor“ tarkibida oʻynab yurgan vaqtida bir necha jamoalardan takliflar boʻlgan. 2015-yilgi mavsumda Abbosbek Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Fargoʻonalilar safida 2.5 mavsum mobaynida toʻp surgan va jamoaning yetakchi futbolchilardan biriga aylangan. 2017-yilgi mavsum yozgi transfer vaqtida Mahstaliyev vodiyning boshqa bir jamoasi Namanganning „Navbahor“ jamoasi safiga borib qoʻshilgan. 2018-yil mavsum oldidan yana Fargʻonalilar safiga qaytgan Abbosbek bu safar jamoani erta tark etgan. 2018-yilgi yozgi transfer vaqtida Termizning „Surxon“ klubi tarkibiga oʻtgan. 2020-yilgi mavsumni oʻzi tugʻilib oʻsgan Yangiyerning „Yangiyer“ tarkibida oʻtkazgan boʻlsa, 2021-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Istiqlol“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2021-yilgi mavsum 2- davrasida futbolchilk faoliyatiga yakun yasagan. 2023-yil „Yangiyer“ klubi taklifiga binoan futbolchilik faoliyatini tikladi va Sirdaryo klubi jamoasi futbolchisiga aylandi.
Milliy terma jamoa 2011-yilda 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida 4 ta oʻyinda 3 ta gol urgan. 2012-yilda 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoa bilan 2012-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi futbol boʻyicha Osiyo chempionatining yarim finaliga qadar etib borgan va u 5 ta oʻyinda ishtirok etdi ammo gol urolmadi; 2013-yilgi 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi, shuningdek, guruh bosqichining birinchi oʻyinida gol urdi. Shuningdek, u guruh bosqichining ikkinchi oʻyinida Xorvatiya bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi. 2-iyul kuni u JChdagi ikkinchi golini Gretsiyaga qarshi oʻyinda (3:1) kiritdi, bu 1/8 final uchun amal qiladi; Keyingi 6-iyulda u chorak finalda Fransiyaga qarshi oʻyinda (4:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi va ammo jamoasi magʻlub boʻlgan. Mavsum soʻnggida esa OFKning eng yaxshi yosh futbolchilar nomzodlari qatoriga kiritilgan.
Yutuqlari
Klub
Milliy musobaqalar
Oʻzbekiston chempioni: (2)
Paxtakor: 2012, 2014-yil
Oʻzbekiston kubogi sohibi: (1)
Paxtakor: 2011-yil
Oʻzbekiston Birinchi ligasi chempioni: 2023
Mukofotlar
Davlat mukofoti Oʻzbekiston iftixori unvoni sohibi: 2013-yil
Manbalar
Havolalar
soccerway.com – Abbosbek Mahstaliyev transfermarkt.world – Abbosbek Mahstaliyev
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Yangiyer kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Istiqlol Fargʻona klubi futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar