Xadim Husayn Rizvi ( ; 1966-yil 22-may — 2020-yil 19-noyabr) pokistonlik islom muallifi va 2015-yilda asos solingan Tehrik-e-Labbaik siyosiy-diniy tashkilot asoschisi boʻlib, Pokistonning kufr qonuniga kiritilgan har qanday oʻzgartirishga qarshi norozilik bildirgan.

Urdu, panjob, arab va fors tillarini yaxshi bilgan. Islom paygʻambari Muhammadni himoya qilishdagi nutqlari hamda Qur’on va hadislardan tashqari Imom Ahmad Rizo Xon Barelviy va Muhammad Iqbol sheʼrlaridan iqtibos keltirgani bilan mashhur ediK K Shahid, „‘If I curse in anger, it is justified’“ , The Friday Times. 1-7 Dec 2017 Vol. XXIX, No. 43.

Yoshlik davri Xodim Husayn Rizviy 1966-yilda Panjobning Attok tumanidagi Pindi -Geb shahrida Panjoblik avan oilasida tug‘ilgan. Akasi Amir Husayn Pokiston armiyasidan isteʼfoga chiqqan kichik komissar (JCO) hisoblanadi.

Jhelumda hofizlik darsini boshlagan. Keyinchalik Lahordagi Jamiya Nizomiyaga qabul qilindiAli, Kalbe (3 December 2017). „Who is Allama Khadim Hussain Rizvi?“. dawn.com. Retrieved 1 November 2018.. Rizviy hofizi Qur’on va shayx ul-hadisdirMehmood Hussain (1 May 2018), „Allama Khadim Hussain Rizvi and Rise of Religious Extremism 2.0 in Pakistan“, South Asia Journal. Retrieved 8 September 2019.. Panjob Aqaf va Din ishlari boʻlimida ishlaganida Lahordagi Pir Makkiy masjidida juma xutbalarini oʻqigan. U 2009-yilda Ravalpindidan Lahorga ketayotganda haydovchi uxlab qolishi natijasida Gujranvala yaqinida sodir boʻlgan avtohalokatda nogiron boʻlib qolgan.

2017-yilda Tehreek-e-Labbaik Pakistan (TLP) deb nomlangan siyosiy partiyaga asos solgan. TLP kufr qonunlariga qarshi chiqqani uchun Panjob gubernatori Salman Tasirni oʻldirgan Mumtoz Qadrining osilishidan keyin vujudga kelgan va keyinchalik shuhrat qozongan. Gubernator oʻldirilishi paytida Rizviy Panjob hukumatida auqaf amaldori boʻlib xizmat qilgan. Rizvi bu suiqasdni Tasir kufr qonunini „qora qonun“ deb ataganini bahona qilib oqlagan edi. Unga kufr qonunlari foydasiga oʻz qarashlarini tarqatishni toʻxtatish toʻgʻrisida ogohlantiruvchi bildirishnomalar berildi, ammo buni rad etishi davlat xizmatidan chetlatilishiga olib keldi.

Rizviy lavozimidan chetlatilganidan keyin oʻz qarashlarini targʻib qilish uchun koʻproq imkoniyatga ega boʻldi. U Pokiston Jinoyat kodeksining 295-C boʻlimini qoʻllab-quvvatlash uchun mamlakat boʻylab sayohat qildi. Ushbu moddada Muhammadga qarshi qilingan kufr uchun jazo belgilangan. Mumtoz Qadrining ozod etilishi haqida ham gapirdi. Tinimsiz targʻiboti natijasida diniy doiralarda „kufr faoli“ laqabini oldi. Rizviy Pokiston madrasalaridagi jinsiy zoʻravonliklar haqidagi daʼvolarga eʼtibor bermay, kufr uchun ayblovlar bilan mashgʻul boʻlgani sababli tanqid qilindi.

Bahslar

2017-yil Fayzoboddagi oʻtirish 2017-yilning 6-noyabrida Rizviy „2017-yilgi Pokiston saylovi“ qonun loyihasidagi g‘ayriqonuniy o‘zgarishlar va Ahmadiylarni qo‘llab-quvvatlaganligi sababli PML(N) aʼzosi bo‘lgan huquq vaziri janob Zohid Hamidni isteʼfoga chiqarish uchun Lahordan Islomobodga yurish uyushtirdi. Tez orada Rizviy jamoatchilik, boshqa diniy-siyosiy partiyalar va jamiyatning boshqa qatlamlari tomonidan qoʻllab-quvvatlana boshladi. Bu esa butun mamlakat boʻylab noroziliklarning koʻpayishiga yoʻl ochdi. Keng jamoatchilik huquq vazirining isteʼfosi haqidagi xuddi shu talab bilan koʻchaga chiqdi. Shundan soʻng, toʻliq yopilish boshlandi va hukumat oxir-oqibat vaziyat va axborot oqimini ushlab turish uchun barcha yangiliklar kanallarini majburiy oʻchirish, ijtimoiy media tarmoqlarini bloklash bilan javob berdi. Mazkur chora Karachi, Ravalpindi, Islomobod, Lahor va Panjobdagi boshqa shaharlarda tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Nihoyat, kechga yaqin armiya boshligʻi vaziyatga aralashib, „ikkala tomondan“ oʻzini tutishni soʻradi.

2018 Osiyo Bibi noroziliklari 2018-yil 31-oktabrda shakkoklikda ayblanib barcha quyi sudlar tomonidan sakkiz yillik hibsga hukm qilingan pokistonlik nasroniy Asiya Bibi Oliy sudning tomonidan aybsiz deb topildi. Yakuniy hukmda aytilishicha, Bibini ayblovchilardan biri "Muhammad paygʻambarning VII asrda nasroniylar bilan tuzgan va hozirda ham ama qiladigan ahdi „Muhammadning Ashtinomasi“ni buzgan. Adliya vakili Osif Said Xosa Osiyo Bibiga qarshi ayblovlar qoʻygan ikki ayol „haqiqatga eʼtibor bermagani“ va uning Muhammadni omma oldida haqorat qilgani haqidagi daʼvosi „yolgʻon“ ekanligini aytdi. Pokiston Oliy sudi qarorida „moddiy qarama-qarshiliklar va guvohlarning bir-biriga mos kelmaydigan bayonotlari“ keltirilib, bu „prokuratura faktlari versiyasiga shubha uyg‘ot“ishi taʼkidlandi.

Bu qaror Rizviy boshchiligidagi TLPni Karachi, Lahor, Peshovar va Multanda namoyishlar boshlashga undadi. Politsiya bilan to‘qnashuvlar haqida xabar berilgan. TLP yetakchisi Muhammad Afzal Qadrining aytishicha, Oliy sudning uchta sudyasi ham „o‘ldirilishga loyiq“. Poytaxt Islomoboddagi Oliy sud joylashgan Qizil hudud politsiya tomonidan oʻrab olingan. Ommaviy chiqishlarida Rizviy Osiyo Pokiston jinoyat kodeksiga koʻra kufr uchun jazoga tortilishini talab qildi. Uning „Hukumat talabimizni qabul qilmagunicha, namoyishlar davom etadi“, degan so‘zlaridan iqtibos keltirildi. Namoyishlarni tez orada tugatish haqidagi talablarni rad etdi. 2018-yil 23-noyabrda boshqa TLP rahbarlari bilan birga hibsga olindi. 2019-yil may oyida garov evaziga ozod qilindi.

Professorlarni oʻldirish 2019-yil mart oyida Bahavalpur hukumati Sodiq Egerton kollejining uchinchi kurs talabasi Xatib Husayn dotsent Xolid Hamidni pichoqlab o‘ldirgan edi. Xatib Husayn qotillikdan oldin advokati va TLPning yuqori martabali aʼzosi Zafar Gillani bilan aloqada boʻlgan. Ulardan Tinder bilan bogʻliq harakat uchun rozilik olgan. Qotillikning taxminiy maqsadi Islomga nisbatan kufr va haqoratli ritorika edi.

2018-yilda Charsadda shahridagi Islomiya kolleji direktori Sareer Ahmad bir qancha darslarni qoldirgani uchun tanbeh bergani sababli 17 yoshli talaba tomonidan o‘ldirildi. Talaba professorni TLP tomonidan o‘tkazilgan mitinglarda qatnashish uchun dars qoldirgani sababli tanbeh bergani uchun „kufr“da aybladi.

Ikkala talaba ham Rizviydan ilhomlanganliklarini aytishdi.

2020 Zindagi Tamasha bahsi 2020-yilda Rizviy Pokistonning „Zindagi Tamasha“ filmi chiqarilishiga qarshi norozilik namoyishlarini ilgari surdi. Kinorejissyor Sarmad Khoosatni kufrda aybladi. Rizviy kufr deb daʼvo qilgan materialda ulamolarni tanqid qilish va bachabozlikka ishora mavjud edi. Pokistonlik yozuvchi Muhammad Hanif filmning senzuradan oʻtmagan versiyalarini koʻrgan. Hanif filmda ulamoga nisbatan tanqid borligini rad etgan.

Vafoti thumb|Dafn marosimi. 2020-yil 19-noyabrda Rizviy yiqilib tushgach, Lahorning Allama Iqbol shaharchasidagi Faruk kasalxonasiga yetkazilgan. Kasalxonaga yetib kelganida klinik oʻlim qayd etildi. Keyinroq Shayx Zayd kasalxonasiga olib ketilgan va u yerda soat kechki 8:48da oʻlgan deb eʼlon qilingan. Rizviy bir necha kundan beri kasal boʻlgan. Bir muncha vaqtdan buyon nogiron edi„TLP’s Khadim Rizvi passes away in Lahore | SAMAA“. Samaa TV. 19 November 2020. Retrieved 19 November 2020.. Rizviyning oʻgʻli Saad Husayn Rizviyning aytishicha, otasi oʻlgan deb eʼlon qilinganidan keyin besh daqiqa davomida yana nafas ola boshlagan, ammo nafasi yana toʻxtagan va nihoyat vafot etgan. Janoza namozi Lahordagi Minor-e-Pokistonda o‘qildi. Saad imomlik qildi. Rizviy „Rahmatul Lil Alamin“ masjidi bilan bogʻliq boʻlgan Abuzar Gʻafforiy madrasasiga dafn etilgan. Mahalliy amaldorning taxmin qilishicha, tadbirda 200 mingga yaqin odam qatnashgan. Rizviy oʻlimidan oldin isitma va nafas olish muammosidan aziyat chekkan, ammo hech qanday COVID-19 yoki otopsi testlari oʻtkazilmagan. Saad 21-noyabr kuni TLPning yangi amiri etib tayinlandi.

Manbalar

Turkum:Pokiston musulmonlari Turkum:2020-yilda vafot etganlar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar