Abdulloh ibn Ali al-Kissiy (arabcha: عبد الله بن علي الكسي – Abdulloh ibn Ali ibn Ahmad ibn Amiyrak al-Kissiy) – roviy.
Hayoti Abdulloh ibn Ali al-Kissiy imom Abdulmajid ibn Yunus ibn Yusufdan hadislar rivoyat qilgan. Abdulloh ibn Ali al-Kissiy, asosan, Samarqandda istiqomat qilgan va shu yerda vafot etgan. Alloma saxiylik borasida tanilgan va bu borada quyidagi hadisni rivoyat qilgan: „Anas: „Rasululloh „Kimki och kishiga taom bersa yoki bir kishini kiyim bilan taʼminlasa yoxud musofir kishiga boshpana bersa, Alloh taolo uni qiyomat kunining dahshatlaridan xalos etadi“ – dedi“.
Adabiyotlar
Sh. Umarov. Oʻrta asrlarda yashagan keshlik allomalar. – Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2014. 76; Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. – Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 191.
Manbalar Turkum:Tarixiy shaxslar
Turkum:1119-yilda vafot etganlar Turkum:Samarqandda vafot etganlar Turkum:Roviylar