Abdurrahmon ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Hafs al-Mohiyoniy (Abu Muhammad) — Abul Fazl al-Mohiyoniyning o‘g‘li, fozil faqih, taqvoli zohid va solih bandalaridan bo‘lgan. U hijriy 492-yil rajab oyida tugʻilgan. Hadislar eshitib, ularni rivoyat qilgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar.
Abdurrahmon al-Mohiyoniy hijriy 549-yilning shavvol oyida vafot etgan.
Manbalar