Ilhom Oʻtkirovich Haydarov (1968-yil 22-avgustda tugʻilgan) – oʻzbek diplomati. 2025-yildan Oʻzbekistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
Biografiya Toshkent universitetini, Rossiya tashqi savdo akademiyasini, Rossiya xalqaro paxta maktabini tamomlagan.
1992–1997 – Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining „Oʻzprommashimpeks“ davlat tashqi savdo kompaniyasi paxta va toʻqimachilik yeksport boʻlimi texnologik asbob-uskunalar importi boʻyicha direktor oʻrinbosari.
1997–1999 – „UZDUN A. G.“ Oʻzbekiston-Shveysariya qoʻshma korxonasi direktori.
1999–2001 – Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi marketing boʻlimi boshligʻi.
2001–2004 – Oʻzbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi maslahatchisi.
2004–2005 – Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda.
2005–2006 – „Oʻzmarkazimpeks“ davlat tashqi savdo kompaniyasi raisi.
2006-2009 – Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2009–2024 – „Oʻzbekengilsanoat“ davlat aksiyadorlik kompaniyasi raisi.
2021–2024 – Oʻzbekiston ish beruvchilar konfederatsiyasi raisi.
2024–2025 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
2025-yildan – Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi. Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Moldovadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchilari Turkum:Yashayotgan insonlar